Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Surxondaryo viloyati Termiz shahrining sobiq hokimi va uning o‘rinbosarlari hibsga olingani haqida xabar berilgan edi. Oliy sud matbuot kotibining ma‘lum qilishicha, holat yuzasidan sud jarayonlari yakunlandi.

Termiz shahrining sobiq hokim Isroil Xudoyberdiyev.
Foto: Termiz shahar hokimligi

Unga ko‘ra, jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudida Isroil Xudayberdiyev (1981-yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan, Termiz shahar hokimi lavozimida ishlagan) va boshqalar (jami 18 nafar sudlanuvchi) ga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni tugab, sud hukmi eʼlon qilindi. 

Eʼlon qilingan hukmga ko‘ra Isroil Xudayberdiyev Jinoyat kodeksning 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a” bandi, 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish) 1-qismi, 2-qismi “a” bandi, 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) 2-qismi “a” bandi, 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 1-qismi, 2-qismi “a” bandi, 210-moddasi (pora olish) 3-qismi “a” bandi, 229-4-moddasi (yer berish tartibini buzish) 2-qismi “a”, “b” bandlari va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda  aybdor deb topilib, unga o‘tash uchun uzil-kesil 2 yil 6 oy muddatga davlat tashkilotlarida mansabdorlik lavozimlari va moddiy javobgarlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda, 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tattirilish belgilandi.

Qolgan 17 nafar sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 25,167, 167, 168, 184, 28,205, 205, 206, 28,209, 209 va 229-4-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, ularga tegishliligi bo‘yicha jarima, 1 yil 9 oy 15 kundan 2 yil 3 oygacha axloq tuzatish ishlari va 3 yil 6 oydan 9 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazolari tayinlandi.

Qayd etilishicha, ushbu hukmdan norozi taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Surxondaryo viloyat sudining apellyatsiya instansiyasiga shikoyat berish va protest keltirishga haqli.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »