Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Izboskan tumaniga 2018-yildan buyon rahbarlik qilib kelgan Serobiddin Ismoilov 10-dekabr kuni ishdan olingan edi. O‘shanda uni nima sababdan lavozimidan bo‘shatilgani ochiqlanmagan.

 
Serobiddin Ismoilov
Foto: Izboskan tumani hokimligi

“Daryo” manbasining ma’lum qilishicha, unga nisbatan bugun, 21-dekabr kuni jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Serobiddin Ismoilovga nisbatan Jinoyat kodeksining 205-moddasi — hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish va 209-moddasi — mansab soxtakorligi bo‘yicha ish ochilgan.

Ma’lumot uchun, ishni o‘qituvchilikdan boshlagan 49 yoshli Serobiddin Ismoilov 2015-2017-yillarda Andijon viloyat hokimligi xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i, 2017-2018-yillarda viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »