Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat prokuraturasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda budjet mablag‘larini talon-toroj qilgan davlat xizmatchilari aniqlandi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Xususan, Samarqand tumanida yashovchi, “Samarqand suv taʼminoti” MCHJ Samarqand shahar filiali rahbari 36 yoshli J.Z.ning ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-taroj qilgani aniqlangan. 

Shuningdek, 1966-yilda Urgut tumanida tug‘ilgan, “Hududgaz Samarqand” GTF metrologiya xizmati boshlig‘i R.J. o‘z mansab vakolatlaridan foydalanib, Narpay tumanida joylashgan “Karim qurilish savdo” XKning norasmiy rahbari O.A. va uning jinoiy aloqalari tomonidan o‘g‘irlangan tabiiy gaz hisobini yashirish maqsadida, yetkazib berilgan va isteʼmol qilingan tabiiy gaz hisob-kitoblarini muntazam o‘zgartirib kelgan.

Shu bilan birga, u yuqori bosimli gaz tarmoqlarida yuzaga kelgan kamomad va ehtimoliy o‘g‘irlik holatlari mavjudligini bilib tursa-da, masofadan turib gaz tarqatish stansiyalaridagi gaz hisoblagichlariga tashqi taʼsir ko‘rsatgan.

Yuqoridagi holatga ko‘maklashgan 1982-yilda Narpay tumanida tug‘ilgan, “Hududgaz Samarqand” “Narpaytumangaz” gaz taʼminoti bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan Z.A. ham Narpay tumanida joylashgan “Karim qurilish savdo” XKning norasmiy rahbari O.A. va uning jinoiy aloqalarining noqonuniy faoliyatiga amaliy yordam berib, amalga oshiriladigan tekshiruv tadbirlari xususida oldindan xabardor qilib kelgan. Hozirda Z.A.ga nisbatan ham jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ehtiyot chorasi tariqasida qamoqqa olingan.

Bundan tashqari, bir holatda Samarqand viloyati “Qurilishda tanlov savdolarini tashkil etish konsalting markazi”ning direktori, 1980-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan S.G. hamda markaz bosh hisobchisi, 1968-yilda Urgut tumanida tug‘ilgan fuqaro A.J. o‘zaro jinoiy til biriktirgan holda, markaz mablag‘larini talon-toroj qilib kelgani aniqlangan.

“Qurilishda tanlov savdolarini tashkil etish konsalting markazi”ning 2016— 2023-yillardagi faoliyati o‘rganilganda, markaz mansabdor shaxslari o‘zaro jinoiy til biriktirgan holda, jamiyatning 1,3 milliard so‘mlik mablag‘larini o‘zlashtirib yuborgani aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirilgan.

Hozirda yuqoridagi holatlar bo‘yicha Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Avvalroq Samarqandda 631 million so‘mni o‘zlashtirib, qimorda yutqazib qo‘ygan “Xalq banki” filiali xodimi jazolangani to‘g‘risida xabar berilgandi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »