Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Andijon viloyatida ko‘mir yetkazib berishdagi talon-torojliklar fosh etildi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Ma’lum qilinishicha, departamentning Taxiatosh tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruvda “U.E.” MCHJ masʼul shaxslari davlat-xususiy sherikchilik bitimga asosan tumandagi 49 ta ijtimoiy soha obyektlarini isitish mavsumida ko‘mir bilan uzluksiz taʼminlash uchun ajratilgan mablag‘larning 452,3 million so‘mini boshqa maqsadlarga sarflab, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.

Departamentning Baliqchi tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Ko‘mir taʼminot” MCHJning Shahrixon ko‘mir ombori masʼul shaxslari aholiga imtiyozli narxda 612,3 tonna ko‘mir sotilgani to‘g‘risida soxta hujjatlarni rasmiylashtirib, ushbu ko‘mirni bozor narxida boshqa shaxslarga sotib yuborgani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Buxoro shahri “Abu Ali ibn Sino” MFY hokim yordamchisi kredit mablag‘larini o‘zlashtirganlikda ayblanib, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani, Yangiyo‘l tumani hokimi mahallalardagi 6 nafar yordamchisini jazolagani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »