Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda 2023-yilning o‘tgan davrida avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari tomonidan 110,4 mlrd so‘mga teng tabiiy gaz o‘g‘irlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari faoliyati yuzasidan huquq-tartibot organlari tomonidan nazorat tadbirlarida 38 ta korxona tomonidan 110,4 milliard so‘mga teng bo‘lgan 98,8 million kub tabiiy gaz o‘g‘irlangani aniqlangan.

Jamiyat va ta’minotchi korxona mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, ular protsessual tartibda ushlangan.

“Avtomobillarga gaz to‘ldirish kompresslash faoliyati bilan noqonuniy shug‘ullanib, tabiiy gazni juda ko‘p miqdorda talon-toroj qilish Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilishiga hamda sakkiz yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazo tayinlanishi mumkin”, — deb eslatib o‘tdi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Ayni paytda mazkur yo‘nalishda nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »