Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan Bosh prokuratura, “O‘ztransgaz” AJ va “Hududgaztaʼminot” AJ xodimlari bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida Nukus tumanida joylashgan “Max Gaz Servis” MCHJ tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, “Max Gaz Servis” MCHJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasida o‘rnatilgan gaz sarfini o‘lchash kompleksiga tashqi taʼsir ko‘rsatilgani maʼlum bo‘lgan.

Mazkur noqonuniy holat natijasida davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori 3 milliard 854 million 433 ming so‘m (3 million 854 ming 433 metr kub)ni tashkil etgan.

Maʼlumot uchun, ushbu hajmdagi tabiiy gaz 19 mingdan ziyod xonadonning bir oylik isteʼmolini tashkil qiladi.

Aniqlangan holat yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar belgilangan tartibda huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilingan.

Jizzax, Andijon va Farg‘ona viloyatlarida elektrdan noqonuniy foydalanganlar 913,5 million so‘m zarar yetkazgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, O‘zbekistonning uch viloyatida gaz va “svet”dan noqonuniy foydalanganlar qariyb 352 mln so‘m zarar yetkazgandi. “O‘zenergoinspeksiya” esa beshta metan zapravkadan 11 milliard so‘mlik tabiiy gaz o‘g‘irlanganini aniqlagan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »