Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanidagi zapravka 5 milliard 542 million so‘mlik yoki 27 ming 700 ta xonadonning bir oylik iste’moliga teng hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi.

Foto: Energetika vazirligi axborot xizmati

Holat Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan Bosh prokuratura va “Hududgazta’minot” AJ xodimlari bilan hamkorlikda Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida aniqlandi. Xususan, ushbu MCHJga qarashli 46-sonli AGTKSHda gaz sarfini o‘lchash kompleksiga o‘rnatilgan “toraytiruvchi” qurilmaning kirish-chiqish qismidagi gaz jo‘mraklariga davlatlararo standart talablari (GOST 8.586-2005)ga zid ravishda “prokladka” o‘rnatilgani ma’lum bo‘ldi.

Mazkur noqonuniy holat natijasida davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori 5 milliard 542 million so‘m (5 million 542 ming metr kub)ni tashkil etgan. Aniqlangan holat yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar belgilangan tartibda huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.

Ma’lumot uchun: ushbu hajmdagi tabiiy gaz 27 ming 700 ta xonadonning bir oylik iste’moliga teng.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »