Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda avgust oyida elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish natijasida tizimga 46 milliard 229 million so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Energetika vazirligi axborot xizmati

Unga ko‘ra, Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va elektr hamda gaz ta’minoti korxonalari mutaxassislari bilan hamkorlikda joylarda nazorat tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda. Xususan, joriy yilning avgust oyida 785 ta holatda iste’molchilar tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.

Bunda 29 million 104 ming metr kub tabiiy gaz (26 milliard 297 million so‘m) va 38,9 million kVt/soat elektr energiyasi (19 milliard 932 million so‘m) talon-toroj qilinishi natijasida tizimga keltirilgan 46 milliard 229 mln so‘m zarar undirishga qaratildi.

Noqonuniy foydalanishning eng ko‘p holatlari Andijon, Buxoro, Samarqand va Toshkent viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Qoidabuzar iste’molchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.

Ma’lumot uchun: ushbu hajmdagi tabiiy gaz hozirgi kunda 145 ming 520 ta xonadonning, elektr energiyasi esa 194 ming 500 ta xonadonning bir oylik iste’moliga tengdir.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »