Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Samarqandda 631 million so‘mni o‘zlashtirib, qimorda yutqazib qo‘ygan “Xalq banki” filiali xodimi jazolandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ma’lum qilinishicha, Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida davlat mulkini talon-toroj qilish va korrupsiya bilan bog‘liq holatlarning oldini olish, bu illatlarga qarshi kurashish yo‘nalishida bir qator tezkor tadbirlar o‘tkazildi.

Shunday tadbirlarning birida “Xalq banki” Samarqand filialida chakana bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlagan Sh.Yu. ushlangan. 1987-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan ushbu fuqaro mansab vakolatidan foydalangan holda o‘zining nomidagi bank plastik kartasiga noqonuniy ravishda 631 million so‘m kirim qilib, ushbu mablag‘ning barchasini onlayn qimor o‘yiniga tikib, yutqazib qo‘ygan.

Ushbu holat yuzasidan Sh.Yu.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan 5 yil ozodlikdan mahrum qilish va 2 yil bank sohalarida moddiy va mansabdorlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »