Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda to‘qqiz yildan buyon qidiruvda bo‘lgan “Jihodchilar” diniy-ekstremistik oqimi a’zosi bo‘lgan marg‘ilonlik shaxsga sud hukmi o‘qildi

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ma’lum qilinishicha, Abduhodiy Abdurahmonov 2010-2012-yillarda Rossiyada ishlab yurgan vaqtda mazkur diniy oqim ta’siriga tushib, uning a’zosi bo‘lgan. Farg‘ona shahrida akasi va bir qator shaxslardan iborat oqimning jamoatini tashkil qilgan. Uning yig‘ilishlarida faol ishtirok etib kelgan. 

Yig‘ilishlarda “Jihodchilar” diniy-ekstremistik oqimi tarafdorlari hamda boshqa diniy ekstremizm va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan ma’ruzalar, video va roliklar muhokama qilingan. O‘zbekistonda islomiy davlat qurish, Suriya va boshqa arab davlatlariga hijratga chiqib, jihodiy urushlarda ishtirok etish, shahid bo‘lishni maqsad qilgan. 

Shuningdek, u 2014-yilda Turkiyada bo‘lib turgan akasi bilan ijtimoiy tarmoqlar orqali aloqaga chiqib, uning da’vati asosida jihodiy urushlarda ishtirok etish va shu yo‘l bilan birodarlariga yordam berish maqsadida Rossiyadan Turkiyaga hijrat qilgan. U yerda akasi bilan birga oqim a’zolariga mablag‘ jo‘natib, ularni Suriyaga jihodga chiqarish bilan shug‘ullanib kelgan. Shuningdek, u Moskvada ham bir guruh o‘zbekistonliklarni jamoat yig‘ilishlariga jalb qilib, ularni jihod qilishga da’vat qilib kelganligi ma’lum bo‘ldi. 

Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan u tashkil qilgan jamoat a’zolarining uyidan diniy oqimga tegishli, mamlakatimizda taqiqlangan materiallar daliliy ashyo sifatida olingan. 2023-yil mart oyida Turkiya politsiyasi tomonidan diniy oqim a’zosi qo‘lga olinib, O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi. Sud hukmi bilan A. Abdurahmonovga 6 yil-u 6 oyga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »