Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Suriyadagi jangovar harakatlarda ishtirok etib kelayotgan andijonlik yigit bir yildan buyon qidirilmoqda. Bu haqda Andijon viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi

Xabarga ko‘ra, Muxtorov Abdusaid 2001-yilda Andijon viloyati Andijon tumanida tug‘ilgan. U 2020-yil 7-mart kuni Turkiyaning Istanbul shahriga mavsumiy ishlash uchun borgan. O‘sha yerda xalqaro terroristik tashkilot rahnamolarining ta’siriga tushgan va yashirin jamoatlarda ishtirok etgan. 

Fuqaro Istanbuldan Suriyaning Idlib shahridagi “Imom Buxoriy katibasi” xalqaro terroristik tashkiloti tarkibiga qo‘shilib, jangovar tayyorgarlikdan o‘tgan. Hozirda jangovar harakatlarda ishtirok etib kelmoqda. Huquq-tartibot idoralari tomonidan olib borilgan surishtiruv, tezkor qidiruv tadbirlari natijasida unga nisbatan 2022-yildan Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi hamda 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qidiruv e’lon qilingan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »