Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkiyaga ishlashga ketib, diniy ekstremistik oqimga tushib qolgan o‘zbekistonlik erkak qidirilmoqda. Bu haqda Andijon viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, qidiruvdagi shaxs 1975-yil Andijon viloyatining Shahrixon tumanida tug‘ilgan. 2009-yilda Turkiyaning Istanbul shahriga mavsumiy ishlash uchun borgan. Bu joyda xalqaro terroristik tashkilot targ‘ibotchilari Sodiq Samarqandiy va Abdulloh Zufarning ma’ruzalarini ijtimoiy tarmoqlar orqali tinglab, ma’ruzalar ta’sirida yaqin tanishlari bilan birgalikda jamoa tashkil qilgan. 

U Jihodchilar diniy ekstremistik oqimi g‘oyalarini targ‘ib qilish bilan shug‘ullanish bilan birga O‘ZKADga a’zo bo‘lgan. O‘zKAD bu — O‘zbekiston madaniy ta’lim va birdamlik uyushmasi. 2009-yilda O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 244-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »