Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yer yuzida “Yagona xalifalik davlati” qurish niyatida xorijga chiqib ketgan o‘zbekistonlik erkak va uning o‘g‘li qidiruvga berildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2006-yilda 57 yoshli erkak T.M. Toshkentdagi sheriklari bilan birga vahhobiylik diniy ekstremistik oqimiga a’zo bo‘lgan. Ular  jamoat yig‘ilishlari tashkil etib, aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan adabiyotlardan ta’lim olib, Yer yuzida yagona xalifalik davlati barpo etish maqsadida da’vatlar qilib kelgani aniqlangan.

2007-yilda noqonuniy jamoat tashkiloti faoliyatiga chek qo‘yilganidan so‘ng erkak jinoiy javobgarlikka tortilishdan qo‘rqib, 1992-yilda tug‘ilgan o‘g‘li O.H. bilan Turkiyaga chiqib ketgan. 2015-yilga kelib u o‘g‘li bilan birga Suriyaga borib, “Islom davlati” xalqaro terrorchilik tashkiloti saflariga qo‘shilgan. 2018-yilda ular boshqa xalqaro terrorchilik tashkiloti — “Tavhid va jihod katibasi”ga a’zo bo‘lgan.

Ushbu ota-o‘g‘ilga nisbatan Jinoyat kodeksining 244-2-moddasi (diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ular qidiruvga berilgan.

Bundan avval qizlari bilan xalqaro terrorchilik tashkiloti jangarilari aʼzosi bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol qidirilayotgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »