Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Suriyadagi terrorchilar safiga qo‘shilgan andijonlik erkak 10 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Uning akasi qurolli to‘qnashuvlarda halok bo‘lgan.

O‘zAning ma’lum qilishicha, Andijon shahrida yashovchi, 1997-yilda tug‘ilgan shaxs 2017-yilning iyunida ishlash maqsadida Turkiyaning Istanbul shahriga borib, savdo do‘konida sotuvchilik bilan shug‘ullanadi. Oradan bir yil o‘tib, uning oldiga akasi borgach, ular birga ishlay boshlaydi.

Lekin, diniy mutaassiblikka berilgan, 1995-yilda tug‘ilgan aka o‘z ukasini to‘g‘ri yo‘ldan adashtirib, unga terroristik tashkilotlar va diniy ekstremistik oqimlarning g‘oyaviy rahnamolari bo‘lgan Sodiq Samarqandiy, Abdulloh Zufar, Abdulloh Buxoriylarning ma’ruzalarini targ‘ib qiladi hamda Suriya davlatiga borib, jihod qilish lozimligini aytadi.

2018-yilning kuz oylarida aka-ukalarning kattasi, keyinroq esa kichigi Suriya davlatidagi terroristik tashkilot safiga borib qo‘shiladi, biroq qurolli to‘qnashuvlar vaqtida ularning kattasi halok bo‘ladi. Bu vaqtda endigina jangovar tayyorgarlikdan o‘tib bo‘lgan uka o‘z akasining jasadini topib qabrga qo‘yadi.

O‘sha paytlari terroristik tashkilotlar o‘rtasida yuzaga kelgan kelishmovchiliklar, amir bo‘lish uchun yetakchilarning o‘zaro nizolarga kirishishlarini ko‘rib, hafsalasi pir bo‘lgan andijonlik yigit onasi yuborgan pullar yordamida Turkiyaga qaytib o‘tadi.

Keyinroq bir muddat Qirg‘izistonda bo‘lib, so‘ngra Qozog‘istonga borgan va ushbu davlatning soxta fuqarolik pasportini olgan mazkur shaxs hujjatni qalbakilashtirgani uchun huquq-tartibot idoralari tomonidan ushlanib, jinoiy javobgarlikka tortiladi. U jazo muddatini o‘tab bo‘lgach, O‘zbekistonga deportatsiya qilinadi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon shahar sudining hukmiga ko‘ra, “Tavhid va jihod katibasi” terroristik tashkiloti faoliyatida ishtirok etgan ushbu fuqaro Jinoyat kodeksining 155-2 va 244-2-moddalari bilan aybli deb topilib, unga nisbatan 10 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »