Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Internet orqali aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan materiallar tarqatgan qashqadaryolik yigit 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda O‘zA xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, Qashqadaryoning Yakkabog‘ tumanida yashovchi fuqaro 2019—2022-yillarda Rossiyada mehnat migranti bo‘lib ishlagan davrida internet orqali terroristik tashkilotlar va diniy ekstremistik oqimlar g‘oyaviy rahnamolari bo‘lgan Abdulloh Zufar, Abdulloh Buxoriy, Sodiq Samarqandiy, Mahmud Abdulmo‘min va boshqalarning “hijrat” va “jihod” qilishga, islomiy davlat qurishga chorlovchi maʼruzalari taʼsiriga tushib qoladi.

So‘ngra, Instagram’da profil ochib, 1800 nafardan ortiq obunachilariga aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan materiallarni tarqata boshlaydi.

Shuningdek, Telegram’da ham “Hizbut Tahrir” terroristik tashkiloti vakillari bilan aloqa o‘rnatib, tashkilot g‘oyalari singdirilgan va amaldagi davlat tuzumini Konstitutsiyaga xilof tarzda o‘zgartirishga xizmat qiluvchi materiallarni targ‘ib qilish bilan ham shug‘ullanadi.

Bundan tashqari, YouTube’dagi “Hizbut Tahrir” tashkilotining targ‘ibotchisi bilan bog‘lanib, uning faoliyatini faollashtirish maqsadida bank ilovasi orqali katta miqdorda pul mablag‘i yuboradi.

2022-yilning sentabrida O‘zbekistonga qaytib kelganidan keyin ham, u g‘ayriqonuniy harakatlarini davom ettiradi.

Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida ushbu fuqaroning noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yiladi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkabog‘ tuman sudining hukmi bilan, mazkur shaxs Jinoyat kodeksining 155-3, 159 va  244-1-moddalari bilan aybli deb topilib, unga nisbatan 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »