Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahar IIBB 6-sentabr kuni Suriyadagi terrorchilar safida jang qilgan o‘zbekistonlik erkak vafot etganiga oid videoni e’lon qildi.

Kadr: Telegram

Qayd etilishicha, Ulug‘bek Bobomurodov ismli ushbu shaxs 1972-yilda tug‘ilgan, Toshkentning Yunusobod tumanida vaqtinchalik ro‘yxatda turgan. 2009—2010-yillarda u Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida “Jihodchilar jamoati”ni tashkil qilgan.

2011-yilda “jamoat” a’zolarining ko‘pchiligi huquq-tartibot idoralari tomonidan qo‘lga olinganidan so‘ng, uning boshqa a’zolariga nisbatan ham qidiruv e’lon qilingan. Bu vaqtda Rossiyada bo‘lgan “Termiz jamoati” a’zolari Turkiyaga qochib o‘tgan.

2013-yilda Ulug‘bek Bobomurodov Suriyada “Katibat ul imom al-Buxoriy” xalqaro terrorchilik tashkilotini tashkil qilgan, o‘sha yili unga nisbatan Jinoyat kodeksining 244-2-moddasi (diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qidiruv e’lon qilingan.

Idora ma’lumotlariga ko‘ra, Ulug‘bek Bobomurodov Suriyada jangovar harakatlar chog‘ida vafot etgan.

Avgust o‘rtalarida o‘zbekistonlik 22 yoshli yigit Suriyadagi terrorchilik tashkilotiga qo‘shilib, jangovar harakatlarda qatnashib kelayotgani aniqlangandi. Shuningdek, Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan 29 yoshli shaxs Janubiy Koreya davlatiga borib, u yerda “Imom al-Buxoriy katibasi” terrorchilik tashkiloti yetakchilari bilan aloqa o‘rnatib, ularning noqonuniy faoliyatini moliyalashtirib kelgani to‘g‘risida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »