Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Sirdaryo viloyatidan Suriyadagi terroristik tashkilot safiga chiqishni rejalashtirgan shaxs qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda viloyat IIB axborot xizmati.

Unga ko‘ra, holat DXX Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida aniqlangan. Sirdaryo viloyatida yashovchi, R.A.ning Suriyadagi terroristik tashkilot tarafdorlari safiga chiqib ketishi oldi olindi.

Xususan, R.A. 2017—2021-yillarda Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida ishlashi davomida internet orqali Suriyadagi terroristik tashkilot aʼzolarining taʼsiriga tushgan. U Telegram’da yoshlarga ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib qiluvchi audio va video materiallarni jo‘natib, ularni yollash va yoshlarni Turkiya orqali Suriyaga jo‘natish bilan shug‘ullangan. Shuningdek, Turkiya orqali Suriyadagi terroristik tashkilot safiga chiqib ketishi vaqtida ushlanib, O‘zbekistonga olib kelindi.

Hozirda Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »