Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tumani sudida Suriyada terrorchilar safiga borib qo‘shilgan fuqaro ishi ko‘rib chiqildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Kadr: YouTube

Qayd etilishicha, 1987-yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan fuqaro Jinoyat kodeksining 155−2-moddasi (Terrorchilik faoliyatini amalga oshirish maqsadida o‘quvdan o‘tish, chiqish yoki harakatlanish) 1-qismi, 155-2-moddasi, 244−1-moddasi (Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) 3-qismi “g” bandi va 244−2-moddasi (Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) 1-qismi bilan ayblangan.

Sud materiallariga ko‘ra, fuqaro 2016-yil 6-sentabr kuni yaqin do‘stining taklifi bilan Toshkent—Istanbul yo‘nalishidagi aviareys orqali Istanbul shahriga borgan. So‘ng 2017-yil sentabr oyida Istanbuldan Suriyaga o‘tib, “Xayʼat Tahrir Shom” XTT(Xalqaro terroristik tashkiloti) tarkibiga qo‘shilgan. U yerda dekabr oyiga qadar terrorchilarni tayyorlash lagerida jangavor tayyorgarlikdan o‘tgan.  

2018-yil sentabr oyida esa XTT (Xalqaro terroristik tashkilot) safini kengaytirish uchun Turkiyaga qaytgan va 2022-yil dekabr oyiga qadar bir guruh shaxslarni yollab, ularni Suriyaga jo‘natib yuborishni tashkillashtirgan.

“Suriyadagi blogerlar ijtimoiy tarmoqlarda u yerdagi hayotni jannatdek ko‘rsatishadi, uni ko‘rgan odamning ishonmay iloji yo‘q. Mukammal ishlashadi. Lekin haqiqiy hayot borib ko‘rganingizdan keyin buning aksi ekanini ko‘rasiz, biroq unda kech bo‘ladi...”, — deydi sudlanuvchi.

Sudlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining bir necha moddalari bilan uzil-kesil 9 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Bundan avval xalqaro terrorchilik tashkiloti saflariga qo‘shilgan o‘zbekistonlik erkak va uning o‘g‘li qidiruvga berilgani xabar qilingandi. Shuningdek, qizlari bilan xalqaro terrorchilik tashkiloti jangarilari aʼzosi bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol ham qidirilmoqda. Ushbu ayol ham Rossiyada yashovchi erkak bilan tanishib, ikki qizi bilan dastlab Ozarbayjon orqali Turkiyaga, u yerdan esa Suriyaga borgan va xalqaro terrorchilik tashkilotining jangarilariga borib qo‘shilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »