Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ikki qizi bilan Suriyadagi xalqaro terrorchilik tashkiloti jangarilari aʼzosi bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol qidirilmoqda. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, 1981-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan L.M. 2015-yilda Moskvada yashovchi D. ismli erkak bilan “Odnoklassniki”da tanishib qolgan. Erkak Rossiyada diniy erkinlik borligini aytib, uni Rossiyaga kelishga undagan. Shundan so‘ng ayol 2015-yil avgust oyida farzandlari bilan Rossiyaga yetib borgan. 

U Moskva shahrida “jihodchilar” diniy ekstremistik oqimining aʼzosi bo‘lgan D. daʼvatlari asosida Ozarbayjon orqali Turkiyaga “hijrat” qilgan. Ushbu davlatdan aylanma yo‘llar orqali Suriyaga o‘tib, ISHID tarkibidagi “Hayʼat taxrir ash-sham” xalqaro terrorchilik tashkilotining jangarilariga borib qo‘shilgan. 

Shuningdek, ayolning ikki qizi ham onasi bilan birgalikda mazkur xalqaro terrorchilik tashkilotining jangarilariga qo‘shilgan. Hozirda ularga nisbatan huquq tartibot idoralari tomonidan Jinoyat kodeksining 244-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qidiruv eʼlon qilingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »