Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Onasi bilan 15 yoshida Toshkentdan xorijga chiqib ketgan o‘smir xalqaro terrorchilik tashkiloti safiga qo‘shilgani uchun jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qidiruvga berildi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar qildi.

Kadr: Telegram

Ma’lum qilinishicha, 2000-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan SH.X. 15 yoshida onasi va ikki nafar singlisi bilan aylanma yo‘llar orqali, ya’ni Qozog‘iston, Rossiya, Ukrainadan o‘tib, Misrga borgan. O‘sha yilning sentabrida u Misrdan Turkiya orqali Suriyaga o‘tadi.

SH.X. jangovar harakatlarda qatnashish maqsadida ISHID safiga borib qo‘shilgan. Huquq-tartibot idoralari tomonidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 244-2-moddasi (Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va qidiruv e’lon qilingan.

Bundan avval xalqaro terrorchilik tashkiloti saflariga qo‘shilgan o‘zbekistonlik erkak va uning o‘g‘li qidiruvga berilgani xabar qilingandi. Shuningdek, qizlari bilan xalqaro terrorchilik tashkiloti jangarilari aʼzosi bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol ham qidirilmoqda. Ushbu ayol ham Rossiyada yashovchi erkak bilan tanishib, ikki qizi bilan dastlab Ozarbayjon orqali Turkiyaga, u yerdan esa Suriyaga borgan va xalqaro terrorchilik tashkilotining jangarilariga borib qo‘shilgan.

ISHID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »