Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkentda yashagan ayolga xalqaro terrorchilik tashkiloti safiga qo‘shilgani uchun jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qidiruvga berildi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar qildi.

Foto: Toshkent shahar IIBB

Ma’lum qilinishicha, B.M. 2013-yilda ishlash uchun Sankt-Peterburg shahriga borgan. Rossiyada bo‘lib turgan paytida ayol ijtimoiy tarmoq orqali O‘zbekistonlik erkak — 30 yoshli A.H. bilan tanishgan. U ayolni Turkiyaga borishga undagan.

2015-yilda A.H.ga turmushga chiqqan ayol u bilan birga Suriyaga borgan va “Katibatul Imom Al-Buxoriy” xalqaro terrorchilik tashkiloti safiga qo‘shilgan.

Ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 244-2-moddasi (diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qidiruv e’lon qilingan.

Bundan avval xalqaro terrorchilik tashkiloti saflariga qo‘shilgan o‘zbekistonlik erkak va uning o‘g‘li qidiruvga berilgani xabar qilingandi. Shuningdek, qizlari bilan xalqaro terrorchilik tashkiloti jangarilari aʼzosi bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol ham qidirilmoqda. Ushbu ayol ham Rossiyada yashovchi erkak bilan tanishib, ikki qizi bilan dastlab Ozarbayjon orqali Turkiyaga, u yerdan esa Suriyaga borgan va xalqaro terrorchilik tashkilotining jangarilariga borib qo‘shilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »