Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Suriyada jangarilar safiga borib qo‘shilgan o‘zbekistonlik oilaga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qidiruvga berildi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Kadr: Telegram

Qayd etilishicha, 1969-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan fuqaro Y.T. muqaddam Jinoyat kodeksining 159- (O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish) hamda 244-1-moddalari (Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) bilan sudlangan.

Fuqaro Y.T. 2014-yilda ishlash maqsadida 1972-yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i H.T., o‘g‘illari — 1991-yilda tug‘ilgan O.B., 1993-yilda tug‘ilgan H.B., 1998-yilda tug‘ilgan M.B. hamda 1994-yilda tug‘ilgan kelini N.B. bilan Rossiyaga ishlash maqsadida borib, u yerda ijtimoiy tarmoqlarda diniy-ekstremistik va terroristik tashkilotlarning g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi turli audio-videomateriallar ta’siriga tushib qolgan.

Fuqaro Y.T. “Uzeyir tog‘a” laqabi bilan tanilgan bo‘lib, ijtimoiy tarmoqlar orqali yoshlarni Suriyaga borishga da’vat qilib keladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, u Suriyada “Tavhid va jihod” xalqaro terrorchilik tashkiloti jangarilarga oshpazlik qiladi va oila a’zolari bilan birga jangovar harakatlarda qatnashib kelmoqda.

Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonida Y.T. hamda uning oila a’zolariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, qidiruv e’lon qilingan.

Bundan avval xalqaro terrorchilik tashkiloti saflariga qo‘shilgan o‘zbekistonlik erkak va uning o‘g‘li qidiruvga berilgani xabar qilingandi. Shuningdek, qizlari bilan xalqaro terrorchilik tashkiloti jangarilari aʼzosi bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol ham qidirilmoqda. Ushbu ayol ham Rossiyada yashovchi erkak bilan tanishib, ikki qizi bilan dastlab Ozarbayjon orqali Turkiyaga, u yerdan esa Suriyaga borgan va xalqaro terrorchilik tashkilotining jangarilariga borib qo‘shilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »