Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Suriyadagi jangovar harakatlarda qatnashib kelayotgan o‘zbekistonlik erkakka qidiruv eʼlon qilindi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Kadr: Telegram

Unga ko‘ra, Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida 1991-yilda tug‘ilgan V.H. 2017-yil ishlash maqsadida Turkiyaning Istanbul shahriga ketgan. Ijtimoiy tarmoqlar orqali diniy ekstremistik va terroristik g‘oyalarni targ‘ib qiluvchi video va audiolar taʼsiriga tushish natijasida 2018-yilda jihod qilish va Suriyadagi janglarda ishtirok etish maqsadida “Tavhid va jihod katibasi” xalqaro terroristik tashkilot safiga borib qo‘shilib, tashkilot aʼzosiga aylangan va u yerda jangovar harakatlarda qatnashib kelmoqda. 

Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi “g” bandi, 155-moddasi va 159-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qidiruv eʼlon qilingan.

Bundan avval xalqaro terrorchilik tashkiloti saflariga qo‘shilgan o‘zbekistonlik erkak va uning o‘g‘li qidiruvga berilgani xabar qilingandi. Shuningdek, qizlari bilan xalqaro terrorchilik tashkiloti jangarilari aʼzosi bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol ham qidirilmoqda. Ushbu ayol ham Rossiyada yashovchi erkak bilan tanishib, ikki qizi bilan dastlab Ozarbayjon orqali Turkiyaga, u yerdan esa Suriyaga borgan va xalqaro terrorchilik tashkilotining jangarilariga borib qo‘shilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »