Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Suriyada jangovar harakatlarda ishtirok etib kelayotgan andijonlik erkak qidirilmoqda. Bu haqda Andijon viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Kadr: Telegram

Xabarga ko‘ra, Mashrab Yusupov 1977-yilda Andijon viloyatining Baliqchi tumanida tug‘ilgan. U ijtimoiy tarmoqlar orqali xalqaro terroristik tashkilotlarning radikal g‘oyalari taʼsirida 2021-yilning iyul oyida Qirg‘iziston orqali Turkiyaga borgan. Istanbul shahridagi “Tavhid va jihod” xalqaro terroristik tashkiloti aʼzolarining ko‘magida Suriyadagi “Tavhid va jihod katibasi” jangarilariga borib qo‘shilgan va hozirda jangovar harakatlarda ishtirok etib kelmoqda. 

Huquq-tartibot idoralari tomonidan olib borilgan surishtiruv tezkor qidiruv tadbirlari natijasida Yusupov Mashrabga nisbatan 2022-yilda Jinoyat kodeksining 155-moddasi 2-qismi (terrorchilik faoliyatini amalga oshirish maqsadida o‘quvdan o‘tish, chiqish yoki harakatlanish), 244-moddasi (diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qidiruv eʼlon qilingan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »