Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Andijon viloyatida Suriyadagi terrorchilar safiga borib qo‘shilgan o‘zbekistonlik erkak qidiruvga berildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati ma’lum qildi.

Kadr: Telegram

Qayd etilishicha, 2019-yil avgustda fuqaro H.M. ishlash maqsadida Rossiyaga borgan. U yerda qurilish ishlari bilan shug‘ullanib yurgan vaqtida xalqaro terrorchilik tashkiloti rahnamolarining ta’siriga tushib qolgan. Shundan so‘ng, o‘sha yilning noyabrida Turkiya orqali Suriyaga o‘tgan.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida H.M. hozirda Suriyaning Idlib shahrida xalqaro terrorchilik tashkilotining “Tavhid va jihod” jamoatiga qo‘shilib, jangovar harakatlarda qatnashmoqda.

Fuqaro H.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 159-(O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish) va 244-1-moddalari (Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qidiruv e’lon qilingan.

Bundan avval xalqaro terrorchilik tashkiloti saflariga qo‘shilgan o‘zbekistonlik erkak va uning o‘g‘li qidiruvga berilgani xabar qilingandi. Shuningdek, qizlari bilan xalqaro terrorchilik tashkiloti jangarilari aʼzosi bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol ham qidirilmoqda. Ushbu ayol ham Rossiyada yashovchi erkak bilan tanishib, ikki qizi bilan dastlab Ozarbayjon orqali Turkiyaga, u yerdan esa Suriyaga borgan va xalqaro terrorchilik tashkilotining jangarilariga borib qo‘shilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »