Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Suriyaga borib, jangarilar safiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik yigitlar qo‘lga olindi. Bu haqda DXX axborot xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, huquq-tartibot idoralari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanida yashovchi 3 nafar fuqaroning Suriyadagi jangarilar safiga borib qo‘shilishi oldi olindi.

Foto: DXX

Ular hozirda jangarilar safida bo‘lgan Abu Saloh, Abu Valid va Ayub laqabli shaxslarning internet tarmog‘ida yoshlarni terroristik guruhlarga qo‘shilishga chorlovchi da’vatlari ta’siriga tushishgan hamda oila a’zolarining qarshiligiga qaramasdan Suriyaga ketishni maqsad qilgan.

Jumladan, fuqaro A.O‘. Telegram messenjerida Abu Valid bilan aloqada bo‘lib, uning ko‘rsatmasi bilan turli virtual kanal va guruhlar ochgan hamda targ‘ibot ishlarini olib borgan. Keyinroq u mahalladoshi I.D. bilan til biriktirib, Suriya davlatidagi “Tavhid va jihod katibasi” terroristik tashkiloti safiga qo‘shilishni reja qilgan.

O‘z navbatida I.D. yaqin o‘rtog‘i G‘.L.ni ham o‘zlari bilan ketishga ko‘ndirgan. Mazkur shaxslar boshqalarning e’tiborini tortmaslik maqsadida xorijda migrantlarni ish bilan ta’minlovchi xususiy bandlik firmasi orqali Turkiya davlatiga borib, so‘ngra Suriyaga o‘tmoqchi bo‘lgan.

Hozirda mazkur 3 nafar fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »