Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Davlat xavfsizlik xizmati va ichki ishlar viloyat boshqarmalari tomonidan Suriyaga chiqib ketayotgan 10 nafar namanganlik yashirin guruh aʼzolari qo‘lga olindi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Foto: Videolavhadan skrinshot

Namangan shahrida tug‘ilgan “T.O.O”, “S.J.K.” va “L.U.J.”lar Rossiyadagi ish faoliyati davomida hozirda Suriyadagi “Tavhid va Jihod Katibasi” terroristik tashkiloti yetakchisi, namanganlik Nuriddin Kamolov (laqabi “Abu Muoviya”) taʼsiriga tushib, Turkiya orqali Suriyaga chiqib ketishgan.

Ushbu shaxslar Namangan shahrida yashovchi 10 nafar yoshdan iborat yashirin guruh tuzib, ularni Suriyaga borib, terrorchilar safiga qo‘shilishga daʼvat qilgan.

Qo‘lga olinganlar 1999—2004-yillar oralig‘ida tug‘ilgan yoshlar bo‘lib, ularning 4 nafariga nisbatan DXX tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

Hozirda guruh aʼzolariga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »