Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xonanda Anvar Sanayev “Daryo” internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi.

Anvar Sanayev suhbat davomida Jasur Umirovning “Kabutarim” deb nomlangan videoklipida bozori o‘tmay qolgan xonanda rolini ijro etgani sababiga oydinlik kiritdi.

Lekin hech qayerda berilmagan savolni berdingiz. Bu o‘zimning ichimda qolib ketgan gap edi. Jasur kelib, ‘ustoz sizni qo‘shiqlaringizni eshitib katta bo‘lganman, sizni konsertlaringizda kirishga pulim bo‘lmagan vaqtlar bo‘lgan, mening konsertimga boring’, iltimos deb taklif qilgan. Konsertiga bordim, konsertda ustozim deb e’lon qildi, ‘rahmat e’tibor uchun’, deb omad tiladim. Otasi bilan yaxshiman, otasi yaxshi inson, ‘o‘g‘lim sizning yo‘lingizdan ketgan’, deb ko‘p gapirganlar.

Bir payt Jasur klipga taklif qilib qoldi, ‘ustoz shu klipimga tushib bersangiz’, dedi. ‘Klipda men tush ko‘raman, tushimda taniqli qo‘shiqchi bo‘laman, shu darajada taniqli bo‘lamanki, syomka qilayotganingizda sizni ko‘rib, niyat qilib yoningizdan o‘tib ketaman’, dedi. ‘Ma’nosi yaxshi ekan, mayli chiqib beraman’, dedim. ‘Qancha pul bersam bo‘ladi?’, deganida ‘qiziqmisan dedim, ‘biz uchun bu yaxshi-ku, ustoz deb turgan bo‘lsang, unaqa dema, uyat bo‘ladi’, dedim.

Suratga olish ishlarining boshidan oxirigacha bo‘lmaganman, o‘zimning joyimni o‘ynadimda ketdim. O‘n-o‘n besh kun o‘tgandan so‘ng, ‘klipni chiqishidan oldin bir ko‘ray’, dedim. ‘Ho‘p, ustoz’, deb klipni ko‘rsatishdi. Qarasam umuman boshqa holat, birovga yaxshilik qilaman deb klipiga chiqsang-da, seni pastga urgandek qilib olib chiqishsa. ‘Ukam bu nima qilganing, senga yaxshilikka yomonlikmi bu’, dedim. ‘Senga yordam bo‘lsin, deb klipingda chiqqan bo‘lsam, aytgan gaping qani, sening lafzing bormi?’, dedim. ‘Ustoz, shunaqa montaj qilib qo‘yishibdi’, dedi. ‘Chiqarishdan avval montajni to‘g‘rila, aytganingdek qil deganimda’, ‘bo‘ldi, to‘g‘rilaymiz’, dedi.

Ertasi kuni telefon qilib, ‘ustoz, uzr, klip chiqib ketib qolibdi, internetga tarqab ketibdi’, deydi. ‘Yaxshi ish qilmading’, dedim. O‘shandan keyin u boladan ko‘nglim sovudi. Lekin qayerda bo‘lsa ko‘rishamiz. O‘ziga ham ko‘p marta ‘yaxshi ish qilmagansan, lafzida turmagan belafz odamning ishini qilgansan’, deganman.

Allohning qudrati bilan o‘sha klipi hech qayerga o‘tmadi. Hamma joyda badiiy kengashlardan o‘tmasdan qaytarildi. Yosh qo‘shiqchi bo‘lgani uchun shunaqa ish qilgan deb o‘ylayman.

Anvar Sanayev, xonanda

Ma’lumot uchun, Anvar Sanayev bugungi kungacha 1000 dan ortiq turli konsert zallari, stadionlarda yakkaxon konsert dasturlarini taqdim etgan. AQSh, Germaniya, Rossiya Federatsiyasi hamda Hindiston davlatlarida ham yakkaxon konsert dasturlarini taqdim etgan. Xonandaning 20 dan ortiq musiqiy albomlari, 200 dan ortiq mualliflik qo‘shiqlari bor.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »