Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbek san’atkorlari karantin vaqtida muxlislarini zeriktirmaslikka harakat qilmoqda. 29-aprel kuni ham ular o‘zlarining Instagram’dagi sahifalariga turli xil qiziq video va fotopostlar joyladi.

Shu kuni taniqli hind aktyori Irfon Xon saraton bilan uzoq yillik kurashishlardan so‘ng vafot etdi. Bollivud aktyorlarining Instagram’dagi sahifalarida Irfon Xon bilan vidolashuv so‘zlari yozib qoldirilmoqda.

“Zamonamizning eng yaxshi aktyorlaridan biri, do‘stim, seni sog‘inamiz, Alloh rahmatiga olgan bo‘lsin”, — deb yozdi Bollivud qiroli Shohruxxon.

https://www.instagram.com/p/B_j0_10lb5y/

“Haqiqiy iste’dod egasi, katta yo‘qotish, sizni juda sog‘inamiz, siz doim qalbimizdasiz”, — deb yozadi Katrina Kaif.

https://www.instagram.com/p/B_kKgY8hLOX/

“Kinosanoat, muxlislari, ayniqsa, oilasi uchun katta yo‘qotish”, — deb yozadi Salmon Xon.

https://www.instagram.com/p/B_j4oaWligF/

“Sizni dunyo hech qachon unutmaydi, joyingiz jannatdan bo‘lsin”, — deb yozdi Priyanka Chopra.

https://www.instagram.com/p/B_j5paSjL72/

Xonanda Rayhon “Milliy” telekanalida taniqli san’atkor Sami Yusufning konserti efirga uzatilishi haqidagi xabar bilan bo‘lishdi.

https://www.instagram.com/p/B_kNf6iFflI/

Xonanda Manzura esa folloverlarini jonli ijro bilan xushnud etdi.

https://www.instagram.com/p/B_iQiN_pMDW/

Jasur Umirov koronavirusga atab “Uyda qol, Nigor” nomli qo‘shiq kuyladi.

https://www.instagram.com/p/B_ijdz0HGG1/

Turkiyada qolib ketgan aktrisa Rayhon Ulasenova Instagram’da ko‘rinish berdi.

“Orangizda biz uchun qayg‘urayotganlar ham kam emas. Bu postni biz Turkiyada tinchlik-xotirjamlikda, rizqi butunlikda Yaratgan panohida ekanligimizni bildirish uchun va shu bilan birgalikda, o‘zga yurtda tushkunlikka tushgan yurtdoshlarimizni qo‘llab-quvvatlash uchun shu yerda qoldirgan edim. Tushunganlar bo‘ldi, tushunmaganlar ham. Xayolimda karantin davrida hamma bir-biriga mehrli, oqibatli bo‘lgandek. U xayollarim ekan... Afsus”, — deb yozdi aktrisa ushbu post izohiga.

https://www.instagram.com/p/B_iwrujpGSd/

Turkiyalik oshpaz-mem Burak O‘zdemir noodatiy yeguliklar pishirib, folloverlarini lol qoldirishda davom etmoqda. Bu safar u Pikachu shaklidagi yegulikni tayyorladi.

https://www.instagram.com/p/B_kcZ50Hddl/

“Sevgi iztirobi” seriali yulduzi Hazal Filiz Kuchukko‘z yangi suratini muxlislariga taqdim etdi. “Balki, sen tushunganingdek emasdir”, — deb yozdi Zaynab obrazi bilan o‘zbek tomoshabinlariga tanilgan Hazal.

https://www.instagram.com/p/B_h_EhlnBQC/

Xonanda Ziyoda chinakam mo‘min inson bo‘lishning shartlaridan birini ma’lum qildi.

https://www.instagram.com/p/B_kRb8ZpqO2/

Aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva saharlikda qilingan duolar ijobat bo‘lishini tiladi.

https://www.instagram.com/p/B_ioZv-pwVP/

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »