Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

22-may kuni O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining “Hududiy futbol assotsiatsiyalari faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi xabar qilmoqda.

Qarorga muvofiq, hududiy futbol assotsiatsiyalariga yuqori iqtidorga ega bo‘lgan yosh futbolchilarni tanlash va saralab olish tizimini tubdan takomillashtirish, futbol sohasiga xususiy investitsiyalarni keng jalb etishni tashkil qilish kabi vazifalar tavsiya etildi.

“Sport maktablari futbol ligasi” va “Professional futbol maktablari ligasi” musobaqalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sport va ommaviy tarbiya tadbirlari taqvim rejasiga kiritiladi.

Tegishli hududda professional futbolni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi, jumladan, har bir tumandan (shahardan) hududiy birinchiliklarda ishtirok etuvchi kamida bitta futbol jamoasi va o‘tkaziladigan musobaqalarga mos ravishda markaziy stadion bo‘lishi ta’minlanadi.

Qarorga ko‘ra, futbol agentlari (vositachilar) faoliyatini tartibga solish va ularni akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi amaliyotga joriy etiladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »