Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Quyidagi yulduzlar nafaqat iste’dodi, tashqi ko‘rinishi, balki xorijiy tillarda bemalol so‘zlasha olishi bilan ham hurmatga loyiq.

Filiz Axmet

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

“Muhtasham yuz yil” serialida Nigor xalfa roli bilan yaxshi tanish bo‘lgan aktrisani hech ikkilanmay poliglot deb atash mumkin. U turk tilidan boshqa yana 6 til — makedon, ingliz, shved, alban, serb va bolgar tilida so‘zlasha oladi.

Selma Ergench

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

“Muhtasham yuz yil” serialidagi Xadicha rolini ijro qilgan Selma til bilishda hamkasbi Filizdan ortda qolmaydi. U nemis, ingliz, fransuz va italyan tilida gaplasha oladi.

Xazal Kaya

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

Xazal turk tilidan tashqari, italyan tilini biladi. Bunga italyan litseyini tamomlagani sabab bo‘lgan.

Fahriye Evjen

Fahriye Germaniyada dunyoga kelgani uchun ham nemis tilini yaxshi biladi, shu sabab ham turkchani Evjen xonim uchun xorijiy til bo‘lgan deb aytish mumkin. U Germaniyada o‘qishga qabul qilingan va Turkiyada aktrisalik qilish va ilmni tanlashiga to‘g‘ri kelganida aktrisalikni ma’qul bilgan.

Maryam Uzerli

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

Maryam Uzerli ham Germaniyada tug‘ilib o‘sgan turklardan biri hisoblanadi. Aktrisa ham turk tilini o‘rganib, Turkiyada aktrisalik faoliyatini boshlagan. Maryam nemis tilini turk tilidan ham yaxshi biladi.

Kerem Bursin

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

Kerem bolaligida oilasi bilan bir shahardan boshqasiga ko‘chib yurishi va bir qancha vaqt Amerikada yashashiga to‘g‘ri kelgan. Shu sabab ham u ingliz tilini juda ham yaxshi biladi.

Kivanch Tatlitug‘

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

Aktyor Kivanch Tatlitug‘ ham ingliz tilida bemalol so‘zlasha oladiganlardan.

Jan Yaman

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

Aktyor Jan Yaman italyan, nemis va ingliz tillarini biladi.

Furkan Andich

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

Aktyor Ukraina universitetida ta’lim olish vaqtlarida rus tilini o‘rgangan. Shu bois ham uning ushbu til va mamlakatga bo‘lgan qiziqishi o‘zgacha.

Alina Boz

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

Alina Moskvada dunyoga kelgan va shuning uchun ham rus tili hamda ukrainchani juda yaxshi biladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »