Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Janubiy Koreyada ishlab chiqarilgan seriallar O‘zbekistonda ham sevib tomosha qilinadi. “Domashniy ochag” nashri qiziqarli sujetga boy, sevgi haqidagi eng yaxshi koreys seriallari haqida to‘xtalib o‘tdi.

“Qish sonatasi” (2002)

Foto: “Domashniy ochag”

Foto: “Domashniy ochag”

Ko‘plab tomoshabinlar qalbidan joy olgan bu serial eng beg‘ubor sevgi haqida hikoya qiladi. Ikki yosh yigit qizning – Junsang va Yujinning muhabbati ularni qayta topishtiradi. Avtohalokat sabab Junsangni o‘ldi deb o‘ylagan Yujin uni ko‘rganida qattiq iztirob chekadi. Chunki Junsang xotirasini yo‘qotgan bo‘ladi. Voqealar barchaga tanish. Bu serialda sevgi g‘alaba qozonadi. Qayta-qayta ko‘rganda ham tomoshabin qalbini sof, samimiy tuyg‘ular tark etmaydi.

“Pinokkio” (2014)

Foto: “Domashniy ochag”

Foto: “Domashniy ochag”

Bu serialda qahramon “Pinokkio sindromi”dan azob chekadi. Har safar yolg‘on gapirishga urinsa, uni hiqichoq tutadi. Jurnalistlik kasbida bu juda pand beradi, lekin qahramon taslim bo‘lmaydi. U bolaligida undan voz kechgan onasini topishga harakat qiladi. Uning bolalikdagi do‘sti ham jurnalist bo‘lib ishlaydi. U do‘stining o‘tmishini yashirib, qasos olishni niyat qiladi. Ammo tez orada barchasi oshkor bo‘ladi.

“Sevgi yomg‘iri” (2012)

Foto: “Domashniy ochag”

Foto: “Domashniy ochag”

Yosh qahramonlarning ota-onalari bir paytlar hayratlanarli sevgi hikoyasini boshdan kechirgan, biroq birga bo‘la olmagan. Endilikda yoshlar bir-biriga ko‘ngil qo‘yadi. Ularning sevgisi turli xil sinovlarga duch keladi. O‘z sevgisi uchun kurashda turli qiyinchiliklar boshdan kechiradi.

“Iris”, “Iris-2” (2009, 2013)

Foto: “Domashniy ochag”

Foto: “Domashniy ochag”

Ikki jasoratli maxsus xizmat xodimlari o‘rtasidagi haqiqiy mojaro chinakam do‘stlikni barbod qiladi. Chxve Sin Xi ayg‘oqchi va shu tarzda o‘zining maxfiy guruhiga agentlarni yig‘adi. Serialda dushmanlik, do‘stlik, hasad, vatanga va bir-biriga muhabbat kabi tushunchalar keng yoritilgan.

“Asr kelini” (2014)

Foto: “Domashniy ochag”

Foto: “Domashniy ochag”

Yetim Du Rim puli va muammosi ko‘p qahramon. U qarindoshlari iltimosiga ko‘ra notanish odamning kelini bo‘ladi. Ammo turmushga chiqqan kuyovning oilasiga qarg‘ish teggan. Unga ko‘ra har bir erkakning birinchi xotini to‘y oqshomida vafot etadi. Bundan Du Rim bexabar. Qarindoshlari yo‘qolgan kelinni astoydil izlashga tushadi.

“Yulduzdan kelgan odam” (2013)

Foto: “Domashniy ochag”

Foto: “Domashniy ochag”

Do Min Jun – har narsada mukammal, lekin ozgina ehtiyotkor va takabbur inson. Bu bekorga emas: U 400 yil oldin Choson sulolasi davrida Yerga qo‘ngan. Yulduzlarga qaytish vaqti kelganda u aktrisa Chon Son I bilan uchrashadi. Ular bir-birini sevib qoladi, lekin kelajak noaniq. U yerlik, bu esa yulduzdan kelgan odam.

“Jentelmen qadri” (2012)

Foto: “Domashniy ochag”

Foto: “Domashniy ochag”

To‘rtta qirq yoshli jo‘ralar sodiq do‘st va ular katta ishlar bilan band. Biri ayollarga e’tibor berishga o‘rganib qolgan, boshqasining manfaatparast sevgilisi bor, biri beva, to‘rtinchisi esa uylangan, ammo xotinboz. Hammasi turmushda inqirozga uchragan qahramon.

“Sirli bog‘” (2010)

Foto: “Domashniy ochag”

Foto: “Domashniy ochag”

Kim Ju Von yosh katta xo‘jayin, xohlagan narsasini olishga odatlangan (chunki uning otasi ham katta xo‘jayin). Kil Ra Im – kambag‘al oilaning qizi, u hamma narsaga o‘zi erishgan, masalan, kaskadyor bo‘lgan. Bu ikki xil dunyoqarashga ega yoshlar voqealar davomida yaqindan tanishadi.

“Meni o‘ldir va davola” (2015)

Foto: “Domashniy ochag”

Foto: “Domashniy ochag”

Sportchi, kelishgan va uchinchi avlod millioneri Chxa Do Xyonaning bolaligi qiyin kechgan. Qahramon Amerikadan uyiga — Koreyaga qaytib kelishi va korporatsiya rahbarligini o‘z zimmasiga olishi kerak. Voqealar shu tarzda murakkablashadi.

“Yoqimtoy yigit” (2012)

Foto: “Domashniy ochag”

Foto: “Domashniy ochag”

Kang Ma Ru birdaniga ikkita qizni xursand qilishni xohlaydi. Biri kasal singlisi, biri esa bolaligidan o‘z joniga qasd qilishga odatlangan sevgilisi. Bir kuni sevgan qizi tasodifan bir odamni o‘ldirib qo‘yadi. Kang aybni o‘z zimmasiga oladi, aks holda sevganining muxbirlik karyerasi tugaydi. Ma’lum muddat o‘tgach, Kang ozodlikka chiqadi. Ammo sevgan qizi bir boy kishiga turmushga chiqqan bo‘ladi. Voqealar shu tarzda rivojlanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »