Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Pandemiya sharoitida turizm” loyihasi doirasida Turkiyaning Istanbul va Antaliya shaharlariga tashrif buyurgan o‘zbekistonlik jurnalist hamda blogerlarning diqqat e’tibori shak-shubhasiz ushbu mamlakatda emin erkin yurgan jonivorlarga ham qaratildi. Turkiyada ko‘cha hayvonlari haqiqatda ham ko‘p. Deyarli har qadamda it va mushuklarni uchratishingiz mumkin. Ayniqsa provinsiyalarda ular ko‘pchilikni tashkil etadi. Ushbu mamlakatda it va mushuklarni juda sevib, alohida mehr bilan munosabatda bo‘lishlarini bir qarashdayoq anglash qiyin emas.

O‘rtayer dengizi bo‘yida yurgan it o‘zbekistonlik bloger Umid G‘ofurovning yoniga kelib erkalana boshladi.

O‘rtayer dengizi bo‘yida yurgan it o‘zbekistonlik bloger Umid G‘ofurovning yoniga kelib erkalana boshladi.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Turkiyada hech bo‘lmasa bir marta bo‘lganlar bilishadiki, itlarning qulog‘ida chip shaklidagi maxsus nishonlar borligini payqash qiyin emas. Bu it tibbiy ko‘rik, sterilizatsiya hamda vaksinatsiyalardan o‘tganligini anglatadi.

Davlat it va mushuklar haqida haqiqatda ham qayg‘uradi, o‘tgan ketganlar ham qo‘rqmasdan ularni silashi mumkin. Odatda ular shunchaki o‘zlariga ma’qul hududlarda aylanib, daraxt yoki binolar soyasida uxlashadi. Odamlar yaqiniga kelib muloyim munosabatda bo‘lishadi. Shaharlarning deyarli barcha burchaklarida it va mushuklar uchun ozuqa hamda suv idishlarini uchratasiz. Ulardagi ozuqalar doimiy ravishda mahalliy aholi hamda hududlarning maxsus mas’ul tashkilotlari tomonidan yangilab boriladi. Itlardan farqli ravishda mushuklarni bu yerda tibbiy tekshiruvdan o‘tkazib sterilizatsiya qilishga hojat yo‘q, deb bilishadi. Mushuklar iloji boricha turli tamaddixonalar yaqinida yurib, odamlarning boqishlarini kutishadi.

Istanbulning Beyo‘g‘li tumani ko‘chalarida yurgan daydi it.

Istanbulning Beyo‘g‘li tumani ko‘chalarida yurgan daydi it.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Turkiyada, shuningdek, bo‘shagan plastik idishlar evaziga ko‘cha jonivorlarini boquvchi maxsus apparatlar ham bor. Bu bilan hukumat “bir o‘q bilan ikki quyonni uradi”, ya’ni ham hududlar ifloslanishini kamaytiradi, ham hayvonlar och qolmasligi ta’minlanadi.

Istirohat bog‘lari, jamoatchilik joylarida mushuklar uchun maxsus uychalar ham mavjud, ularda asosan mushuklarning bolalari yashaydi, ammo katta mushuklar ham mazza qilib vaqtichog‘lik qilishiga guvoh bo‘lish mumkin.

Turkiyada, shuningdek, xo‘jayinlari tomonidan tashlab ketilgan uy hayvonlari uchun reabilitatsiya markazlari ham faoliyat yuritadi. Ularning ba’zilarida mushuk va itlar klassik musiqalar yordamida davolaniladi.

“Taqsim” maydonida odamlarning yonida yotgan it.

“Taqsim” maydonida odamlarning yonida yotgan it.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Istanbulning Do‘lmabaxche saroyi yaqinidagi tamaddixonada yurgan mushuk.

Istanbulning Do‘lmabaxche saroyi yaqinidagi tamaddixonada yurgan mushuk.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Istiqlol ko‘chasida ko‘cha yegulik sotuvchilaridan ovqat kutayotgan mushuk.

Sulton Ahmad masjidi yaqinida oftobdan bahra olayotgan mushuk.

Sulton Ahmad masjidi yaqinida oftobdan bahra olayotgan mushuk.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Sulton Ahmad masjidi yaqinida o‘ziga yegulik tutib olgan mushuk.

Sulton Ahmad masjidi yaqinida o‘ziga yegulik tutib olgan mushuk.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Mushuk o‘ljasini paqqos tushirish uchun joy qidirmoqda.

Mushuk o‘ljasini paqqos tushirish uchun joy qidirmoqda.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ayo Sofiya ibodatxonasi yaqinidagi do‘kon yonida o‘tirgan mushuk.

Ayo Sofiya ibodatxonasi yaqinidagi do‘kon yonida o‘tirgan mushuk.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Sulton Ahmad maydonida odamlar ketidan ergashib ketayotgan it.

Sulton Ahmad maydonida odamlar ketidan ergashib ketayotgan it.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Antaliyaning Perge qadimiy shahri xarobalariga kirish yo’lagida turgan it.

Antaliyaning Perge qadimiy shahri xarobalariga kirish yo’lagida turgan it.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Antaliyaning Perge qadimiy shahri xarobalariga kirib ketayotgan mushuk.

Antaliyaning Perge qadimiy shahri xarobalariga kirib ketayotgan mushuk.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Antaliyaning Perge qadimiy shahri xarobalari hududida sayr qilib yurgan it.

Antaliyaning Perge qadimiy shahri xarobalari hududida sayr qilib yurgan it.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Antaliyaning Perge qadimiy shahri xarobalarida odamlar yoniga kelgan mushuk.

Antaliyaning Perge qadimiy shahri xarobalarida odamlar yoniga kelgan mushuk.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Antaliyaning eski shahar hududidagi “Respublika” maydonida yurgan mushuk.

Antaliyaning eski shahar hududidagi “Respublika” maydonida yurgan mushuk.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Antaliyaning eski shahar hududidagi “Respublika” maydonida yurgan va panada o‘tirgan mushuklar.

Antaliyaning eski shahar hududidagi “Respublika” maydonida yurgan va panada o‘tirgan mushuklar.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Antaliyaning eski shahar hududidagi “Respublika” maydonidagi mushuk.

Antaliyaning eski shahar hududidagi “Respublika” maydonidagi mushuk.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Antaliyaning eski shahar hududidagi “Respublika” maydonidagi mushuklar.

Bir-biri bilan oyna ortidan “suhbatlashayotgan” mushuklar.

Bir-biri bilan oyna ortidan “suhbatlashayotgan” mushuklar.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Odamlar qoldirib ketgan yegulikni oyna ortidan yeyishga urinayotgan mushuk.

Odamlar qoldirib ketgan yegulikni oyna ortidan yeyishga urinayotgan mushuk.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Antaliyaning “Kaleichi” bandargohida yurgan it.

Antaliyaning “Kaleichi” bandargohida yurgan it.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“Kaleichi” bandargohida uysiz mushuklar uchun tashkil qilingan uychalar.

“Kaleichi” bandargohida uysiz mushuklar uchun tashkil qilingan uychalar.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Bandargoh hududidagi joy uchun “kurash”.

Bandargoh hududidagi joy uchun “kurash”.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

O‘rtayer dengizi bo‘yida yurgan it o‘zbekistonlik bloger Umid G‘ofurovning yoniga keldi.

O‘rtayer dengizi bo‘yida yurgan it o‘zbekistonlik bloger Umid G‘ofurovning yoniga keldi.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

O‘rtayer dengizi bo‘yida yotgan it.

O‘rtayer dengizi bo‘yida yotgan it.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Antaliyaning “Kaleichi” bandargohida yurgan itlar.

Antaliyaning “Kaleichi” bandargohida yurgan itlar.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Antaliyaning “Kaleichi” bandargohida turgan maxsus belgi.

Antaliyaning “Kaleichi” bandargohida turgan maxsus belgi.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Yo‘llarda, transport vositalari o‘tadigan hududlarda mana bunday shakldagi belgilar bo‘lib, ular mushuklarning to‘satdan paydo bo‘lib qolishi mumkinligidan ogohlantiradi. Bu haydovchilarning xushyorligini oshirishga qaratilgan. Ushbu g‘oya Yalova shahri provinsiyasi mahalliy o‘z-o‘zini idora qilish organlari hamda transport xizmati nazorati idoralarining tashabbusi bo‘lgan.

Antaliya arxeologiya muzeyida masofa saqlashdan ogohlantiruvchi belgi yonida yotgan mushuk.

Antaliya arxeologiya muzeyida masofa saqlashdan ogohlantiruvchi belgi yonida yotgan mushuk.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Antaliya arxeologiya muzeyida masofa saqlashdan ogohlantiruvchi belgi turgan o‘rindiq ostida yotgan mushuk.

Antaliya arxeologiya muzeyida masofa saqlashdan ogohlantiruvchi belgi turgan o‘rindiq ostida yotgan mushuk.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Antaliya arxeologiya muzeyidan chiqib kelayotgan mushuk.

Antaliya arxeologiya muzeyidan chiqib kelayotgan mushuk.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Antaliyaning “Dyuden” sharsharasi hududi yaqinida yurgan mushuklar.

Antaliyaning “Dyuden” sharsharasi hududi yaqinida yurgan mushuklar.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Istanbulning Beyo‘g‘li tumani ko‘chalarida yurgan daydi it.

Istanbulning Beyo‘g‘li tumani ko‘chalarida yurgan daydi it.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“Taqsim” maydonida odamlar qo‘lidan yemak yeyayotgan it.

“Taqsim” maydonida odamlar qo‘lidan yemak yeyayotgan it.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »