Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Zayniddinov Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga saylandi, deb xabar beradi O‘zA.

Foto: Yoshlar ittifoqi axborot xizmati

Foto: Yoshlar ittifoqi axborot xizmati

Ma’lumotlarga ko‘ra, Shavkat Zayniddinov 1983-yil 21-avgustda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. U bugungi kunga qadar Yoshlar ishlari agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

Shuningdek, Markaziy kengash raisining o‘rinbosari lavozimiga Sherzod Olimov ham saylangan.

Foto: Yoshlar ittifoqi axborot xizmati

Foto: Yoshlar ittifoqi axborot xizmati

Sherzod Olimov 1988-yil 20-iyunda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. Bugungacha Yoshlar ishlari agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan.

Avvalroq O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi sifatida faoliyat yuritayotgan Akmal Jumaboyev Toshkent shahri Sergeli tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan edi. Tashkilot rasmiy saytiga ko‘ra, ayni vaqtda Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi lavozimi vakant hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yil 30-iyunda “Kamolot” YoIHning IV qurultoyida ishtirok etgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqini tashkil etish taklifini bildirgan va shu kunni O‘zbekistonda Yoshlar kuni sifatida nishonlash tashabbusini ilgari surgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »