Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

16-mayga o‘tar kechasi Isroil mudofaa armiyasi G‘azo sektorida HAMAS harakatining siyosiy byurosi yetakchisi Yahyo Sinvarning uyiga raketa zarbasi berdi, deb yozadi Meduza armiya xabariga tayanib.

Unga ko‘ra, uydan harbiy baza sifatida foydalanilgan. Hujum oqibatida bino vayron bo‘lgan. Jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q. “Gaarets” nashrining yozishicha, hujum chog‘ida Sinvar uyida bo‘lmagan.

Avvalroq Isroil armiyasi G‘azo sektorida HAMASning boshqa rahbarlariga, xususan, HAMAS siyosiy byurosi rahbari o‘rinbosari Xalil al-Xaiy va “Al-Farkain” batalyoni qo‘mondoni Holid Manamaraga tegishli uylarga hujum qilgan edi. Bundan tashqari, Isroil Mudofaa armiyasi HAMAS harbiy razvedkasining ikkita asosiy xodimi — xavfsizlik bo‘limi boshlig‘i Hasan Kaujiy va uning o‘rinbosari Voil Iso o‘ldirilgani haqida xabar bergandi.

Bor-yo‘g‘i 24 soat ichida Isroil armiyasi HAMASning 90 dan ortiq harbiy obyektlariga zarbalar berdi. HAMAS ham o‘z navbatida Isroilni o‘qqa tutishni davom ettirib, mamlakat hududiga 120 dan ortiq raketa otdi.

Shuningdek, 15-may kuni Isroil kuchlari G‘azoda HAMAS harbiy razvedkasi foydalangan ko‘p qavatli binoni vayron qildi, u yerda Al Jazeera telekanali va Associated Press agentligi kabi OAVlarning idoralari ham joylashgan edi.

Falastin-Isroil nizosining 2014-yildan buyon kuzatilgan eng kuchli avj olishi may oyida Isroil hukumatining Quddusda bir qator arab oilalarini ko‘chirib yuborish qaroridan keyin boshlandi. Bu noroziliklarni keltirib chiqardi hamda Quddusda arab namoyishchilar va Isroil politsiyasi o‘rtasidagi to‘qnashuvlarga sabab bo‘ldi.

Vaziyatga HAMAS aralashdi. Isroil uning politsiyani olib ketish haqidagi talablarini bajarmaganidan keyin, guruh raketalar otishni boshladi. Bunga javoban Isroil G‘azo sektorini o‘qqa tutdi.

Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, shu paytgacha G‘azoda kamida 149 kishi , shu jumladan, 41 nafar yosh bola; Isroilda 10 kishi, jumladan, ikki nafar yosh bola halok bo‘lgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »