Vitsin, Andrey Mironov, Natalya Varley — bir-birini takrorlamaydigan obrazlarni mahorat bilan ijro etgan Sovet davri aktyorlari (foto)
Iste’dodi va istalgan rolni qoyilmaqom ijro qilishi bilan ham yaxshi ma’lum bo‘lgan aktrisalar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Inna Churikova
1964-yilda suratga olingan “Ayoz bobo” filmidagi Marfusha qahramoni Inna Churikovaning ilk jiddiy rollaridan biri bo‘lgan. Keyinchalik u Gleban Panfilov va Mark Zaxarov tomonidan suratga olingan filmlarda rol ijro qilgan.
Yuriy Yakovlyev
“Telba” filmida bosh qahramon rolini ijro qilgan Yuriy oradan 15 yil o‘tib “Ivan Vasilyevich kasbini o‘zgartiradi” filmida suratga tushgan. “Taqdir hazili yoki qushday yengil bo‘ling”ni aktyor arsenalidagi eng yaxshi film desa bo‘ladi.
Alisa Freyndlix
27 yoshida Vladimir Fetin tomonidan suratga olingan filmda sirk oshxonasi xodimi rolini ijro qilgan aktrisa 43 yoshida “Ishdagi ishq”da bosh qahramonni gavdalantirgan. Shuningdek, “Dartanyan va uch mushketyor” filmida qirolicha Anna, 52 yoshida esa “Qor malikasining siri” filmida qor malikasini gavdalantirgan.
Georgiy Vitsin
“Zaxiradagi o‘yinchi” (1954) filmida mahoratli futbolchi rolini ijro qilgan Vitsin “Maksim perepelitsa”da keksa otaxonni gavdalantirgan. 1962-yilda “Samogonchi” 1964-yilda esa 1964-yilda “Balzaminovaning turmushi” singari filmlarda suratga tushgan.
Lyudmila Gurchenko
Eldar Ryazanovning “Karnaval kechasi”da bosh qahramonni gavdalantirgan Lyudmila 1964-yilda “Balzaminovaning turmushi”da rol ijro qilgan. 1984-yildagi “Sevgi va kabutarlar” filmi esa uning ishtirokidagi eng yaxshi filmlardan sanaladi.
Andrey Mironov
“Brillant qo‘l”da suratga tushgan Andrey 6 yil o‘tib “Lev Gurich Sinichkin”da drijyor rolini ijro qilgan. “Pechorina jurnali sahifalarida” filmidagi ijrosini esa o‘ziga xosligini ta’kidlamay iloj yo‘q.
Svetlana Kryuchkova
25 yoshida “Bo‘lishi mumkin emas” nomli filmida Zinochka rolini ijro qilgan Kryuchkina 3 yildan keyin “Nomsiz yulduz”da madmuazel Kukuni gavdalantirgan.
Natalya Varley
19 yoshida “Kavkaz asirasi”da bosh rol ijro qilgan Natalya bir yildan keyin “Viy” filmida suratga tushgan. 37 yoshida “Kelajakdan mehmon”da trener, 59 yoshida Nikolay Lebedovning filmida suratga tushgan.
Irina Kupchenko
“Oddiy mo‘jiza” filmidagi sehrgar obrazi 1969-yildan suratga tushishni boshlagan Irinaning arsenalidagi eng yaxshi rollardan biri bo‘lgan. Keyinchalik aktrisa “Sherlok Xolms va doktor Vatsonning sarguzashtlari” (1981), shuningdek, “Fleyta uchun unutilgan musiqa” (19817) singari filmlar bilan birga “Nikolay Vavilov” (1990)da suratga tushgan.
Nadejda Rumyanseva
Rumyanseva 30 dan ortiq komediya janridagi filmlarda suratga tushgan. “Balzaminovaningturmushi”, “Oson hayot”, “Hammaga ma’lum sir” singari filmlar shular jumlasidan.
Oleg Tabakov
1973-yilda “Bahorning 17 lahzasi” nomli filmda suratga tushgan aktyor 1979-yilda “Dartanyanva uch mushketyor”da, “I.I.Oblomovning hayotidan bir necha kun”, “Ko‘rishguncha xayr, Meri Poppins” singari filmlarda rol ijro qilgan.
Yekaterina Vasilyeva
“Bunbarash”dagi ijrosi muxlislar qalbidan joy olgan aktrisa keyinroq “Men eslagan va sevgan insonlar haqida” nomli filmida suratga tushgan. 1975-yilda Naum Birman tomonidan suratga olingan filmda esa Andrey Mironov bilan er-xotin rolini gavdalantirgan. 1982-yilda bo‘lsa “Afsungar” filmida sehrgar rolini o‘ynagan.