Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Aktrisa Sitora Alimjonova “Mirsodiqova bilan” YouTube kanaliga bergan intervyusida onalik baxtiga erishish uchun to‘rt yil davolangani haqida so‘zlab berdi.

“Men rosa harakat qildim, davolandim rosa. 4 yil farzand bo‘lmadi, orada bir bo‘lib tushib qoldi, yana davolandim. Keyin tashlab qo‘y, deyishdi. Keyin Xudo o‘zi g‘oyibidan berdi. Kutmaganingizda bo‘larkan hamma narsa, shuning uchun kutmaslik kerak ekan”, — deydi aktrisa.

Sitora Alimjonovaning aytishicha, unda tug‘ruq jarayoni ham og‘ir o‘tgan.

“Tug‘ruq jarayonida juda qiynaldim, buni eslashni ham xohlamayman. Men o‘zi og‘riqqa yo‘qman. Ko‘zim ko‘rmay qoldi. Kesarcha kesish yo‘li bilan tug‘dim, lekin  dardni ham ko‘rdim. Operatsiya rejalashtirilmadi. Bolaning tug‘ilishiga hali olti-yetti soat vaqt bor edi, lekin juda qattiq og‘riqdan ko‘zim ko‘rmay qola boshladi. 6-7 soat ichida nimadir bo‘laman, deb operatsiyaga rozi bo‘ldim. Lekin bu gapimdan homiladorlar qo‘rqib qolmasin. Bu narsalar o‘tib ketadi, o‘sha kunning o‘zidayoq turib yurib ketdim”, — deydi Sitora Alimjonova.

Aktrisa ona bo‘lishning o‘ziga yarasha qiyinchiliklari haqida ham so‘zlab berdi.

“Odatda chaqaloqlar ko‘p uxlar ekan. Hammaning bolasi 20 soat uxlab, 4 soat uyg‘oq bo‘lsa, meniki 4 soat uxlab, 20 soat uyg‘oq bo‘lardi, uyquga to‘ymasdim. Keyin farzandim yotqizib ko‘tarishimizni yoqtirmaydi, uni doim tikka qilib ko‘tarishimiz kerak. Hozir, ayniqsa, emaklab ketgan, uxlashni istamaydi. Uxlatay desam, janjal qilib tashlaydi”, — deydi aktrisa.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »