Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Davlat dasturlarini amalga oshirishda qoloqliklar mavjud hududlarga Prezident Administratsiyasi, hukumat, Hisob palatasi va vazirliklardan mas’ul rahbarlar yil yakuniga qadar biriktiriladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida davlat rahbari qayd etdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

“Ochilboy Ramatov, Jamshid Qo‘chqorov, Botir Zokirov viloyat, tuman va shahar hokimlari bilan birga ikki hafta muddatda barcha obyektlar bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini yakunlab, qurilish-ta’mirlash ishlarini boshlashi zarur. Bunda bir hafta muddatda bog‘cha, maktab, oilaviy shifokor punkti, poliklinika kabi ijtimoiy soha obyektlarini bo‘yicha loyiha hujjatlari yakuniga yetkazilishi kerak.

Bosh prokuror o‘rinbosari Mavlonov dasturlar doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan kunlik nazoratni kuchaytirib, har hafta kamida 2 tadan viloyatga chiqadi va muammolarni bartaraf etishga ko‘maklashadi.

Shuningdek, dasturlarni amalga oshirishda qoloqliklar mavjud hududlarga Prezident Administratsiyasi, hukumat, Hisob palatasi va vazirliklardan mas’ul rahbarlar yil yakuniga qadar biriktiriladi.

Bunda:

  • Tursunxon Xudaybergenov – Qoraqalpog‘iston va Jizzax viloyatiga;
  • Ochilboy Ramatov – Qashqadaryo va Samarqandga;
  • Prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Islomov va Hisob palatasi raisining o‘rinbosari Saidkarimov – Toshkent viloyatiga;
  • Prezident maslahatchisining o‘rinbosari Usmonov – Toshkent shahriga;
  • Po‘lat Bobojonov – Xorazmga;
  • Rahmat Mamatov – Buxoroga;
  • Botir Parpiyev – Surxondaryoga;
  • Qo‘ldoshev – Sirdaryoga borib barcha masalalarni joyida hal etishga yordam beradi.
Xudaybergenov, Ramatov biriktirilgan hududlardan tashqari, barcha hududlarda ishlarning borishiga hamda muammolarni joyning o‘zida hal etilishiga shaxsan mas’ul va javobgar bo‘ladi”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov viloyat, tuman va shahar hokimlari bilan birga dasturlarda 2021-yil uchun belgilangan barcha ishlarni 1-oktabrga qadar yakunlashi kerakligini ta’kidladi.

Bundan avval “Obod qishloq” va “Obod mahalla” doirasidagi ishlar sifatsiz olib borilayotgani haqida Bosh prokuraturaga murojaat qilish bo‘yicha yangi tizim ishga tushirilgani, O‘zbekistonda 2021-yilda 8 mingga yaqin qishloq va mahallada qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi hamda O‘zbekistondagi qishloq va mahallalarda aholi sharoitini yaxshilash uchun 2021-yilda jami 21 trln so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »