Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bollivudning mahoratli aktrisalari ekzotik go‘zallikni namoyon etishdan mamnun. Shuningdek, ayni paytda ular tabiiy va takrorlanmas tashqi ko‘rinishi bilan dunyo go‘zallari qatoridan joy olgan.

Anushka Sharma

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Anushka Sharma eng ko‘p maosh oladigan Bollivud aktrisasi deb tan olingan. Bundan tashqari, u prodyuser va bir nechta go‘zallik brendlarining yuzi hisoblanadi. Shuningdek, Instagram’da 38 million kuzatuvchisi bor. Anushka tabiiy go‘zallikdan faxrlanadi va uni neytral bo‘yanish bilan cheklanadi.

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Kangana Ranaut

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Kangana Ranaut kichik shaharchada tug‘ilgan, onasi o‘qituvchi, otasi ishbilarmon. U bolaligidanoq modaga qiziqqan. Ko‘pincha u tanlagan aksessuar va kiyimlarning kombinatsiyasi “ekssentrik” ko‘rinadi.

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

U Dehlini zabt etishni 16 yoshida modellik faoliyatidan boshladi. Ammo keyinchalik aktrisa bo‘lishni orzu qila boshlagan. Diksiya bilan bog‘liq muammolar tufayli darhol buning imkoni bo‘lmadi, ammo Kangana kasallikni yengishga muvaffaq bo‘ldi. Hozir Ranaut Hindistondagi eng ko‘p maosh oladigan aktrisalardan biri hisoblanadi.

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Dipika Padukone

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Bollivudning eng mashhur aktrisalaridan biri aslida Daniyada tug‘ilgan, ammo go‘dakligidan Hindistonga ko‘chib o‘tgan. Aktrisa haqida qiziqarli fakt: badminton unga yaxshi holatda bo‘lishiga yordam beradi. Buning sababi shundaki, Padukonening otasi qiziga ushbu sport turini o‘rgatgan professional futbolchi. Dipika neytral ko‘rinishni yaxshi ko'radi, lekin uni turli xil obrazlarda ko‘rish mumkin.

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Amrita Rao

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Hindistonlik model va aktrisa 39 yoshda. Lekin unga bu yoshni mos deb bo‘lmaydi. Uning tashqi ko‘rinishining siri nafaqat mohirona bo‘yanishda, balki qomat va tabiiylikni ham asrab qolishidadir. Amrita tartibga rioya qiladi, go‘sht iste’mol qilmaydi, ko‘p o‘qiydi, musiqa va raqs bilan shug‘ullanadi – nafaqat filmlardagi rollar uchun, balki o‘zi uchun ham mashg‘ulotlarni qoldirmaydi.

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Bipasha Basu

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Xalqaro top model sifatida karyerasiga ega bo‘lishi bashorat qilingan aktrisa Amerika nashrida paydo bo‘lgan avtomobil reklamasida ko‘zga tashlandi va u Nyu-Yorkka suratga olish uchun taklif qilindi. Biroq Bipasha vatani Hindistonni tark etishni istamadi, albatta, u muvaffaqiyatga erishdi va darhol Bollivud filmidagi eng yaxshi debyut mukofotini olgan. Suratga tushishdan tashqari Basu o‘zining sevimli mashg‘ulotlarini qo‘shimcha daromadga aylantirgan holda o‘zining fitness video kurslari bilan ham mashhur.

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Priti Zinta

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Priti nafaqat Hindiston, balki xalqaro kino mukofotlarining ham egasidir. Kinoda muvaffaqiyatga erishgach, hozirda u prodyuserlik va ijtimoiy faoliyat bilan shug‘ullanmoqda. Bu esa uni Instagram’ni kulgili fotosuratlar va selfilar bilan to‘ldirishiga to‘sqinlik qilmayapti.

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Karina Kapur

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Karina beshdan ortiq milliy mukofotlar va ellikdan ortiq rollari bilan eng yaxshi unvonga ega bo‘lgan Bollivud aktrisalaridan biridir. Kapur yoga bilan shug‘ullanishni yaxshi ko‘radi. Makiyajsiz samimiy selfilardan qo‘rqmaydi, lekin shu bilan birga u ajoyib fotosessiya bilan muxlislarni hayratda qoldirishi ham mumkin.

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Priyanka Chopra

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Priyankaning mashhurlikka erishish yo‘li “Dunyo go‘zali” tanlovida g‘alaba bilan boshlandi. Ikki yil ichida Chopra Bollivuddagi birinchi rolini ijro etdi va istiqbolli hind yulduzlaridan biriga aylanadi. 2016-yilda qiz Time jurnaliga ko‘ra, dunyodagi eng nufuzli 100 kishining ro‘yxatiga kiritilgan. Priyankaning yana bir yutug‘i uning tabiiy go‘zalligidadir. To‘g‘ri, ba’zida aktrisa insta-makiyajni shunchalik yaxshi ko‘radiki, hattoki Kardashyanlar oilasining vakiliga ham o‘xshab ketadi.

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Sonam Kapur

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Sonam Kapur – bu haqiqiy hind go‘zalligining timsoli bo‘lib, u milliy zargarlik buyumlari va liboslarida zavq bilan suratga tushadi. Aktrisani nafaqat Bollivud filmlaridan, balki Beyonse va Coldplay Hymn for the Weekend klipidan ham tanish mumkin. U yerda Sonam epizodik rolni ijro etgan.

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Sushmita Sen

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Sushmita dastlab aktrisa bo‘lishni istamagan. U jurnalistlik faoliyatini rejalashtirgan. Biroq 19 yoshida u Ayshvariya Rayni mag‘lubiyatga uchratib, “Hindiston go‘zali” tanlovida g‘olib chiqqan. Shundan so‘ng Sushmita “Dunyo go‘zali” tanloviga yo‘l oldi va Hindiston tarixida birinchi bo‘lib ushbu unvonga sazovor bo‘ldi. Keyinchalik Sushmita filmlarda rol o‘ynash uchun takliflarni qabul qildi va 1999-yilda Filmfare mukofotining “Eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa” mukofotiga sazovor bo‘ldi. Endilikda aktrisa o‘z faoliyatini davom ettirgan holda ikkita asrab olgan qizini tarbiyalamoqda.

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Ayshvariya Ray

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Taniqli hind go‘zaliga aylangan Ayshvariyasiz ushbu ro‘yxat to‘liq bo‘lmaydi. Aktrisa va model 1994-yilda o‘tkazilgan “Dunyo go‘zali” tanlovining g‘olibiga aylangan, keyinchalik o‘zini kinolarda sinab ko‘rishga qaror qilgan. Aktrisani turli uslubdagi makiyajlarda ko‘rish mumkin.

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »