Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Mashhur hind aktrisasi Shridevi hayot bo‘lganida 13-avgustda 58 yoshga to‘lgan bo‘lardi. Aktrisa yorug‘ olamni tark etganiga 3 yil bo‘lgan bo‘lsa-da, uning ijrosidagi “Mehribonginam” va “Janob Hindiston” filmlari hamon tomoshabinlar qalbida yashaydi. 2011-yilda suratga olingan “Inglish-Vinglish” filmi esa u rol o‘ynagan so‘nggi kartina bo‘lib qoldi.

Foto: Bollywoodtime

Filmning aksariyat sahnalarida aktrisa och va kasalmand bo‘lib tuyuladi. Go‘yo u vazn saqlash va sog‘lom turmush tarzining chegarasini ajrata ololmaydigandek. U chindan ham nozik qomatini saqlab qolish uchun ozib ketgandi.

Foto: Bollywoodtime

Hayron qoldiradigan jihat shundaki, Shridevi 14 yil davomida (1997-yildan 2011-yilgacha) filmlarda suratga tushishdan voz kechgan va aktrisalik faoliyatini tark etgan. Lekin unda Kajol va Vidya Balan singari filmlarni tanlab suratga tushish imkoniyati bor edi.

Shuncha yildan so‘ng uni kinoga qaytishga nima undadi? “Yo‘lbars” (Puli) filmining prodyuseri uchun suratga olish jarayonida uning talablarini qondirish qiyin kechdi. U hatto filmning kassabopligi tushib ketganiga qaramay, o‘z ulushini talab qilib, prodyuserlarni sudga berdi.

Foto: Bollywoodtime

Aktrisaning talab qiladigan gonorari shunchalik baland ediki, boshqa prodyuserlar hatto unga yaqinlasha olmagan. Uning aktrisalik qobiliyatini tan olgan va uni yulduzga aylantirgan Kollivud esa endi uni ko‘rgisi ham kelmasdi.

Undan “Bahubali” filmida ishtirok etishni so‘rashgan, lekin ijodkorlar uning haddan tashqari yuqori to‘lovlarga bo‘lgan talabini qondirishdan bosh tortgani uchun aktrisa rad javobini bergan.

Foto: Bollywoodtime

Ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, Shridevi Amerikada “Inglish-Vinglish” filmi suratga olinayotganida aqlbovar qilmas xaridlar qilgan, do‘konlarda juda katta mablag‘ sarflagan.

Film yaxshigina daromad olganini hisobga olib, kinoijodkorlar bu haqda saxiylik bilan sukut saqlashgan.

1984-yilda Show Time kinojurnalining birinchi soni muqovasida Shridevi surati chiqqan. Maqolalardan birida aktrisaning o‘sha paytdagi gonorari 14 ming rupiy ekanligi qayd etilgan.

Foto: Bollywoodtime

Shu tariqa Shridevi muvaffaqiyat zinapoyasidan juda tez ko‘tarila boshladi, chunki uning filmlari ketma-ket blokbasterlarga aylanardi.

U Mumbaydagi besh yulduzli mehmonxonada doimiy xonaga ega edi. Uning “To‘qima”, “Sudya Choudri”, “Sirli olmos,” “Chandni” kabi filmlari katta muvaffaqiyat qozondi. Tomoshabinlar uning go‘zalligi va iste’dodiga qoyil qolishdi, ammo u yaratgan obrazlar borgan sari bir-biriga o‘xshash bo‘lib borardi.

Foto: Bollywoodtime

U “Shafqatsiz” (1984) filmida yangi partnyori Amitabh bilan juftlik rolini o‘ynadi, lekin film omadsizlikka yuz tutdi. Shunday bo‘lishiga qaramay, Bollivud Shrideviga shunchalik muhabbat qo‘ygan ediki, Dharmendra unga “Hindistonning Merilin Monrosi” deb nom qo‘ydi, uning xushchaqchaqligini esa 70-yillardagi mashhur aktrisa Mumtozga qiyosladi.

Oilali Mitxun Chakraborti bilan bo‘lgan munosabati ham aktrisaning imiji va mashhurligiga soya sola olmagan. Bundan tashqari, Jaya Prada bilan doimiy raqobati ikkalasining ham yangiliklar markazida bo‘lishlariga sabab bo‘lardi.

Shridevining Sanjay Datt bilan yagona filmi (“Yo‘lda yo‘qolgan”, 1993) katta shuhrat qozondi. Ko‘plab filmlarda rol ijro etgan Anil Kapur bilan birgalikdagi rollari esa ko‘pchilik qalbidan joy olgandi.

Shridevining bolaligi

Shridevining bolaligi
Foto: Bollywoodtime

90-yillar o‘rtalarida bolaligidan Shridevining suyangan tog‘i bo‘lgan onasi Rajeshvari vafot etdi. Onasiz aktrisa o‘rmonda adashib qolgan qizaloqqa o‘xshab qoldi. Uning singlisi Shrilata bilan bo‘lgan yomon munosabatlari baxtsizligini yanada kuchaytirdi. Shridevining rejissor Satti Shuri bilan janjali esa katta shov-shuvga aylandi.

Allaqachon oila qurgan Boney Kapurga turmushga chiqishga majbur bo‘lganida esa Shridevi 36 yoshda edi.

Foto: Bollywoodtime

Hozirgacha ko‘p savollar javobsiz qolgan. Shridevining ijodi gullagan davrida orttirgan boyligi qayerda qoldi? Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, aktrisaning ota-onasi qizining butun boyligini qarindoshlariga yuqori foizli qarz sifatida bergan va xonavayron bo‘lgan.

Maktabga borish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan Shridevi o‘z mehnatidan topgan pullarini to‘g‘ri sarflash uchun yetarli bilim va tajribaga ega emas edi. Shridevi to‘rt yoshidanoq rol ijro eta boshlagan va yo‘qotilgan bolaligi haqida hech qachon ochiqchasiga aytmagan.

Foto: Bollywoodtime

Shridevi ingliz tilida gaplashishga qiynalar, ommaviy axborot vositalarida bergan intervyusida soddagina ko‘rinardi. Mumbaydagi Andheri aholisi aktrisani yolg‘iz o‘zi chakana savdo do‘konlarida xarid qilganini tez-tez ko‘rishgan: hech kim uni tanimagan yoki e’tibor berishmagan.

Aktrisalik — Shridevining qo‘lidan kelgan va muvaffaqiyat qozongan yagona kasb edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »