Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yong‘in, sunami, samolyot halokatlari, avtohalokatlar – hech kimning hayoti ofatlardan himoya qilinmagan. Shuningdek, yulduzlar ham oddiy insonlar qatorida bu kabi kutilmagan dahshatlar oldida ojiz. Ammo ular orasida o‘z jonini saqlab qolganlar ham yo‘q emas.

Jet Li

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

2004-yil dekabridagi sunami Maldiv orollari sohiliga ham yetib keldi, u yerda Jet Li o‘z oilasi – xotini va ikki yosh qizi bilan dam olayotgan edi. Mashhur aktyorni vafot etdi, deya o‘ylagan oilasi qochishga muvaffaq bo‘lgan. Mehmonxona foyesidan qizlaridan birini qutqargan Jet tirik qoldi, faqat oyog‘iga shikast yetgandi.

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Bu voqea aktyorning qalbida iz qoldirdi va uch yildan so‘ng u tabiiy ofatlar qurbonlariga yordam berish jamg‘armasini tashkil qildi. Aktyor, shuningdek, Qizil Xoch elchisi hamdir.

Kirk Duglas

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Kirk Duglas uzoq umr ko‘rdi, u 2020-yilda 103 yoshida vafot etdi. 1991-yil fevral oyida Kirk vertolyotda sayohatga chiqqan, lekin manzilga yetib bormadi. San-Paulu aeroportida uchishga muvaffaq bo‘lgan vertolyot darhol osmonda kichik o‘quv samolyoti bilan to‘qnashgan. Duglas samolyot qanday qilib yerga qulab tushganini va portlaganini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rgan.

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Kirk uyg‘onganda kasalxonada edi. Uning bir necha joyi singan bo‘lsa-da, o‘zi omon qolgandi. Bu orada vertolyot uchuvchisi va 18 yoshli o‘quvchi vafot etdi. Aktyorni dahshatli aybdorlik hissi qamrab oldi: u allaqachon o‘z hayotini yashagan, ammo yigitni hayotga qaytarib bo‘lmasdi.

Keyt Uinslet

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

2011-yilda butun dunyo Keyt Uinslet nafaqat taniqli aktrisa, balki ajoyib inson ekanligiga amin bo‘ldi. O‘sha yilning 22-avgust kuni taniqli shaxs oilasi bilan britaniyalik tadbirkor Richard Bransonning uyida qoldi. Bu vaqtda yuz bergan bo‘ron tufayli uyning tomini chaqmoq urdi. Shundan so‘ng yong‘in ham boshlangan. Binoda 20 ga yaqin odam bo‘lib, ko‘plari yugurishga shoshildi, lekin hammasi ham emas.

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Xavfga qaramay, tadbirkorning o‘g‘li Sem va Keyt saroyda qolganlarga yordam berishga kirishdi. Ular birgalikda qo‘rquvdan qimirlay olmagan bolalarni, shuningdek, Richardning 90 yoshli onasini qutqardi. Uy yonib ketdi, lekin, xayriyatki, qurbonlar bo‘lmadi.

Regina Todorenko

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Regina Todorenko “Oryol i reshka” dasturini suratga olish paytida bir necha bor tasavvur qilib bo‘lmaydigan qiyinchilik va xavflarga duch kelganini bir necha bor tan olgan. Eng dahshatlisi, boshlovchi Sumatra orolida bo‘lgan. Suratga olish guruhi faol vulqonlardan biri – Sinabungga borishga qaror qildi.

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

“Men va jamoam vulqonga borishga qaror qilganimizda, unda otilish alomatlari yo‘q edi. Bu oddiy tog‘ga o‘xshardi, kul ham, tutun ham, otilgan lava ham yo‘q edi. Biz o‘rmonga kirdik, bu oroldagi juda ham mashhur bo‘lmagan joy edi va sayyohlar faqat uzoqdan rasmga olish uchun tashrif buyuradi. Biz iloji boricha yuqoriga ko‘tarilib, lava puflayotgan yerdagi yoriqlarga qarashni xohladik. Ammo orqaga qaytdik ”, – deydi Regina.

Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, bu qaror suratga olish guruhi a’zolarining hayotini saqlab qolgan. “Biz vulqonga yaqinlashganimizda, u otila boshladi! Mahalliy aholi bizga zudlik bilan ketishimiz kerakligini, bu joy la’natlangan va juda xavfli ekanligini aytishdi. Keyinchalik ular bizga aytishicha, biz kelishimizga bir necha hafta qolganda, 17 nafar sayyoh vulqon yonbag‘rida zaharli gazdan bo‘g‘ilib o'lgan. Agar yana biroz ikkilanib, o‘sha yerda qolganimizda bizni ham xuddi shunday hodisa kutgan bo‘lardi”, – deya o‘z so‘zini yakunladi teleboshlovchi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »