Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Samarqandda bog‘chada xo‘jalik mudirasi bolalarga ajratilgan qariyb 5 kilogramm go‘shtni olib chiqib ketmoqchi bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, 16-oktabr kuni Samarqanddagi 28-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida xo‘jalik mudirasi bolalarga ajratilgan 4,7 kilogramm go‘shtni olib chiqib ketmoqchi bo‘lgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi rasmiy munosabat bildirib, voqeadan so‘ng bosh oshpaz O‘.A. va xo‘jalik mudirasi M.E. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganini, mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar tomonidan qonun doirasida tegishli choralar ko‘rilishini ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, bog‘cha bosh oshpazi pishirilgan 4,7 kilogramm go‘shtni kirxonaga berkitgan. Shundan so‘ng kirxona derazasidan go‘shtni xo‘jalik mudirasiga bergan. Xo‘jalik mudirasi esa mahsulotni bog‘chadan olib chiqib ketayotganda tarbiyachilar N.N. va M.U. tomonidan to‘xtatib qolingan.

Ushbu holat bo‘yicha oshpaz va xo‘jalik mudirasi bilan suhbat o‘tkazilganda bu ishni doim bog‘cha direktori Sh.U.ning topshirig‘i bilan qilganini aytgan. Ular aytgan gaplari haqiqat bo‘lib, audio-videolardagi yozuvlar to‘g‘ri ekanini yozma bayonotda ham tasdiqlagan.

Bosh prokuratura axborot xizmati rahbarining “Daryo” so‘roviga asosan ma’lum qilishicha, 28-sonli MTT tarbiyalanuvchilarining ota-onalari tashkilotda oziq-ovqat va boshqa mahsulotlar talon-toroj qilinayotgani haqidagi murojaati va boshqa xabarlar asosida Paxtachi tuman prokuraturasi tomonidan tekshirish o‘tkazilgan.

Tekshirishda 2021-yil yanvaridan shu kunga qadar ushbu bog‘chaning mansabdor shaxslari tomonidan jami 82,8 million so‘mlik 1376,7 kilogramm go‘sht mahsulotlari talon-toroj qilingani aniqlangan.

Holat yuzasidan 28-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti mansabdor shaxslariga nisbatan 167-moddasi 2-qismi “a” va “g” bandlari (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan ko‘p miqdorda va takroran talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »