Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida bank xodimlari 119 nafar fuqaro nomiga rasmiylashtirilgan salkam 1 milliard so‘mlik kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan. Bu haqda viloyat prokurori Erkaboy Tojiyev korrupsiyaga qarshi o‘tkazilgan majlisda aytib o‘tdi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

Foto: “Daryo” / Otabek Qo‘ldoshev

Foto: “Daryo” / Otabek Qo‘ldoshev

Ta’kidlanishicha, “Qishloqqurilishbank”ning Ko‘kdala filiali mansabdor shaxslari Chiroqchi tumanining Ko‘kdala qishlog‘ida yashovchi 119 nafar fuqaro nomiga rasmiylashtirilgan salkam 1 milliard so‘m kredit mablag‘ini o‘zlashtirib yuborgan.

Viloyat prokurorining ma’lumot berishicha, 2020—2021-yillarda viloyatda 49 nafar bank xodimiga nisbatan 31 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

“ ‘Mikrokreditbank’ning Chiroqchi filiali sobiq boshqaruvchisi Fayziyev tadbirkorga ajratilgan 786 million so‘m kredit mablag‘i qayratilmagan bo‘lsa-da, kredit ta’minoti uchun garovga olingan ko‘chmas mulkni garovdan chiqarib, kreditni o‘zlashtirgan”, — deydi viloyat prokurori Erkaboy Tojiyev.

Foto: “Daryo” / Otabek Qo‘ldoshev

Foto: “Daryo” / Otabek Qo‘ldoshev

Erkaboy Tojiyevning qo‘shimcha ma’lumot berishicha, viloyatda sog‘liqni saqlash tizimida ham korrupsiya ildiz otgan bo‘lib, 2020—2021-yillarda 27 ta jinoyat ishi bo‘yicha 28 nafar sog‘liqni saqlash tizimi mansabdori javobgarlikka tortilgan.

Bundan avval Qashqadaryoda ikki yilda mansabdorlarning 274 nafari ma’muriy, 217 nafari esa jinoiy javobgarlikka tortilgani, O‘zbekistonda 190 ta normativ-huquqiy hujjat korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazilishi hamda “Narxoz”ning sobiq prorektori 2 mln dollarni talon-toroj qilganlikda gumonlanib, qidiruvga berilgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »