Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shohruh Xon ijrosidagi filmni tomosha qilmagan, undagi qo‘shiqlarni qo‘shilib xirgoyi qilmagan tomoshabinni hind filmlari muxlisi deb atab bo‘lmaydi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

2-noyabr kuni “Bollivud qiroli” 56 yoshni qarshiladi. Karyerasini 1992-yil “Devona” filmidagi ijrodan boshlagan aktyor, 30 yillik faoliyati davomida dunyoning turli burchagidan muxlis orttirishga, millionlab tomoshabinlar qalbini zabt etishga muvaffaq bo‘lgan. 55 yoshga to‘lganida dubaylik muxlislari shahardagi Burj Xalifa osmono‘par binosi orqali unga tabrik yo‘llagani buning yana bir isboti.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Yoshi o‘tayotgan bo‘lsa ham buyukligini yo‘qotmagan, Bachchan va Chakraborti o‘ynagan hind filmlari va yosh avlod o‘rtasidagi davr aktyori hisoblangan ijodkor, 1965-yil advokatlar oilasida dunyoga kelgan. Moliya sohasida bakalavr diplomini qo‘lga kiritgan aktyor, filmda suratga tushishga Bombeyga ko‘chib kelganidan keyingina qaror qilgan. Hema Malini bilan birga rol ijro qilish haqida shartnoma imzolaganiga qaramay, ishtirokidagi “Devona” filmi birinchi bo‘lib ekran yuzini ko‘radi va aynan mazkur loyihadagi roli sabab Filmfare mukofotini qo‘lga kiritadi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Moliyaviy ahvoli 687 million dollarga baholanadigan aktyor, Filmfare mukofotini qo‘lga kiritish bo‘yicha rekordsmen hisoblanadi. Tug‘ilgan kuni munosabati bilan har bir roli xitga aylangan Shohruh Xonning karyerasi davomidagi eng yaxshi filmlari haqida eslaymiz.

“O‘g‘irlanmagan kelin”

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images
Katta davlatlarda ham kichik ko‘ngilsizliklar bo‘lib turadi
Ro‘yxatni “O‘g‘irlanmagan kelin” filmi boshlab beradi. Chunki aynan mazkur melodrama eng yaxshi romantik hind filmlaridan biri sanaladi. Rejissor Aditya Chopraning debyut ishi nafaqat Shohruhning karyerasida yangi bosqichni boshlab bergan, balki uni romantik filmlar qiroliga aylanishiga ham sababchi bo‘lgan. Rejissor muxlislar Rajni romantik ijroda ko‘rinishi kutilmagan aktyor gavdalantirishini istagan. Bu vaqtda Shohruh Xon arsenalida “yomon yigit” rollari bo‘lgan va Aditya uni boshqacha obrazda ommaga ko‘rsatib, hayron qoldirishi mumkinligini bilgan. Butun dunyoda mashhurlikka erishgan mazkur film Filmfare Awards’ning 41-taqdirlash marosimida 14 nominatsiya va 10 mukofotni qo‘lga kiritgan. Filmning nafaqat qo‘shiqlari, balki iqtiboslari ham yod bo‘lib ketgan.

Sujetga ko‘ra, o‘z orzulari olamida yashaydigan hind qizi Simranning hayoti Yevropaga qilgan sayohatidan keyin butkul o‘zgarib ketadi. Shohruh Xon mazkur filmda sevgisiga erishish uchun kurashadigan va buning uchun qizning ota-onasi qalbidan joy olishga urinadigan qahramonni gavdalantiradi.

“O‘tkinchi dunyo”

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images
Yasha, kul, baxtli bo‘l... Kim biladi, erta keladimi, yo‘qmi…
“O‘tkinchi dunyo” filmi 2003-yilda Nyu-Yorkda suratga olingan. Sujetning ta’sirchanligi, aktyorlarning mahorati va film orqali tomoshabinga yetkazilgan g‘oyaning dolzarbligi sabab oradan salkam 20 yil o‘tgan bo‘lsa ham film qayta-qayta tomosha qilinadi. Shohruh Xonning filmdagi roldan quruq qolishi ham mumkin edi. Suratga olish jarayonining beshinchi kunida aktyor Karan Joharga telefon qilib, kasal bo‘lib qolgani sabab suratga tushishda davom etolmasligini bildirgan. Bunga javoban Nikhil Karan Johardan Shohruh Xon tuzalgunicha kutib turishni so‘ragan. Suratga olish jamoasi Bollivud qirolining butkul tuzalishini 6 oy kutgan.

Sujetga ko‘ra, aktyor gavdalantirgan qahramon, Neyna ismli qiz va uning oila a’zolari hayotiga mo‘jizadek kirib keladi. O‘zini tutishi, hazilkashligi va g‘amxo‘rligi bilan barchaning, xususan, Printi gavdalantirgan qizning ham qalbidan joy oladi. O‘z navbatida bola ham qizga befarq bo‘lmaydi, ammo umri tugab borayotgani sabab tuyg‘ularini yashirishga, bu ham yetmagandek Neynani yaqin do‘sti Rohitga unashtirishga majbur bo‘ladi. Turli emotsiyalarni his qilishga sabab bo‘ladigan filmda Shohruh Xon gavdalantirgan aktyor vafot etadi.

“Devdas”

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images
Sen ayolsan Chandramukhi. O‘zligingni top. Ayol bu ona, singil, zavja, do‘st aks holda esa u fohishaga aylanadi. Sen bir oilani gullatishing mumkin Chandramukhi
Hind kinematografiyasida alohida o‘ringa ega bo‘lgan “Devdas” filmi 2002-yilda suratga olingan. Sujetga ko‘ra, aktyor gavdalantirgan qahramon, boylik inson hayotidan ko‘ra ko‘proq qadrlanadigan odamlar sabab birga o‘ynab katta Parodan ajralishga majbur bo‘ladi.

Turli tabaqaga mansub oilalar, farzandlarining hayoti nikoh rishtalari bilan bog‘lanishiga qarshilik qiladi. Londonga o‘qish uchun ketgan Devdasning hayoti ortga qaytganidan keyin o‘zgarib ketadi. Sanjay Lila Bxansalining “Oskar” mukofoti uchun ilgari surilgan mazkur filmi nafaqat Shohruh Xon, balki Ayshvariya Ray ijodidagi eng yaxshi loyihalardan sanaladi.

“Gohi shodlik, gohi g‘am”

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images
Hayotda biror maqsadni ko‘zlab, unga erishmoqchi bo‘lsang, orzungga yetmoqchi bo‘lsang, qalbingga quloq sol. Javob topolmasang, ko‘zingni yumgin-da, ota-onangni ko‘z oldingga keltir
Karan Johar rejissorligida Amitabh Bachchan, Jaya Bachchan, Shohruh Xon, Kajol, Ritik Roshan va Karina Kapur ishtirok etgan film 2001-yilda suratga olingan. Sujetga ko‘ra, badavlat tadbirkor o‘z rafiqasi bilan Raxul ismli bolani asrab oladi. To‘qqiz yildan keyin ularning o‘zi ham farzandli bo‘ladi — unga Rohan deb ism qo‘yiladi.

Shohruh Xon ijrosidagi to‘ng‘ich o‘g‘il kambag‘al qizga ko‘ngil qo‘yadi va ota-onasidan yashirincha unga uylanadi. U ushbu qilmishi bilan do‘stining qizini kelin qilmoqchi bo‘lgan otaning rejasini chippakka chiqaradi. Raxuldan ranjigan otasi uni merosdan mahrum qilib, uydan haydaydi. U rafiqasi bilan Londonga ketadi. Rohan otasi va akasi o‘rtasidagi ziddiyatni bartaraf etish uchun qo‘lidan kelgan hamma ishni qiladi.

“Vir va Zara”

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images
Men mahbus yetti yuz sakson oltinchi, qamoq darchasidan ma’yus boqaman
2004-yilda rejissor Yash Chopra tomonidan suratga olingan filmda Shohruh Xon pokistonlik qiz Zarani sevib qoladi. Qiz otasining gapidan chiqa olmagani sabab u aytgan odamga turmushga chiqishga majbur bo‘ladi. Shundan keyin Virning ortga qaytishiga to‘g‘ri keladi. Ammo u josuslikda ayblanib, Pokistondagi qamoqxonaga olib ketiladi.

Taqdir taqozosi bilan ozodlikdan mahrum bo‘lgan qahramonning “Men — mahbus 786” monologi aksariyat muxlislarga yaxshi tanish. Qizig‘i, mazkur monologni bitta dublning o‘zida ijro qila olgan.

“Mening ismim Xon”

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images
 

Mening ismin Xon va men terrorchi emasman

2010-yilda suratga olingan film turli din vakillari o‘rtasidagi nizolar hayotni qanchalik murakkablashtirishi haqida hikoya qiladi. Hindistonlik Rizvon Xon oila qurib, ishlash maqsadida Amerikaga jo‘nab ketadi. Asperger sindromidan aziyat chekadigan qahramonga aksariyat odamlar g‘alati nigoh bilan qaraydi, ammo kasalligi sevgisini topishga to‘siq bo‘la olmaydi. 2001-yildagi teraktdan so‘ng Amerikada musulmonlarga bo‘lgan munosabatning keskin o‘zgarishi filmda o‘z aksini topadi.

Shohruh Xonning Kajol bilan bu safargi hamkorligi ham “O‘g‘irlanmagan kelin, “Hayotda hamma narsa bo‘ladi”, “Gohi shodlik, gohi g‘am” singari muvaffaqiyatli chiqqan.

“Hayotda hamma narsa bo‘ladi”

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images
Ona bu bizni shu qadar sevadigan zotki, vaqti kelsa hatto o‘zimiz ham u muhabbatning qadriga yetmaymiz. Ona bu bizdan yaxshi inson dunyoda yo‘q deb aytuvchi zotdir. Ona bu bizni xursandchilikga suyunadigan xafa bo‘lsak kuyunadigan zot
Karan Joharning “Hayotda hamma narsa bo‘ladi” filmi 1998-yil suratga olingan. Undagi voqealar rivoji do‘stlik va sevgi kabi insoniy rishtalar bir-birga chambarchas bog‘liq ekaniga asoslanadi.

Rahul va Anjeli kollejda qadrdon do‘st bo‘lsalar-da, ularning hayotida Tina ismli qizning paydo bo‘lishi barchasini o‘zgartirib yuboradi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »