Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Milliarder Bill Geyts o‘z an’anasiga muvofiq 2021-yil uchun ham qanday kitoblarni o‘qish mumkinligi haqida blogida yozib qoldirdi. Uning 2020-yil yozida tavsiya etgan kitoblari allaqachon o‘quvchilarning sevimli asarlariga aylanib bo‘lgandi. 2021-yilda Gates Foundation asoschisi 5 ta kitobni sevib mutolaa qilgani, bolaligida qanday asarlarni miriqib o‘qigani haqida kitobxonlarga so‘zlab berdi.

Foto: Entrepreneur

Foto: Entrepreneur
Bolaligimda ilmiy fantastikaga mubtalo bo‘lib qolgandim. Pol Allen ikkimiz Ayzek Azimovning “Poydevor” trilogiyasini soatlab muhokama qilardik. Edgar Rays Berrouz va Robert Xaynlaynning har bir asarini o‘qib chiqqanman (ayniqsa, “Oy – qahri qattiq beka” juda yoqardi). Ushbu hikoyalarda meni behad hayajonlantirgan nimadir bor ediki, imkon chegaralarini bosib-yanchib tashlardi.

Ulg‘ayganim sari hujjatli adabiyotlarni ko‘proq o‘qiy boshladim. Men hamon innovatsiyalarning mazmun-mohiyatini ochib beradigan kitoblarga qiziqardim, biroq bu yo‘lda haqiqiy olamimiz haqida so‘zlaydigan nimadirlarni o‘rganish muhimroq tuyuldi. Oxirgi paytlari esa bola paytim yoqtirgan kitoblarga qaytgim keldi.

Bu yilgi ta’tilim ro‘yxatida ikkita ajoyib ilmiy fantastik asar o‘rin olgan. Birinchisida voqealar quyoshdan qariyb 12 yorug‘lik yili uzoqlikda ro‘y bersa, ikkinchisi xuddi shu yerda, Qo‘shma Shtatlarda sodir bo‘ladi. Ammo har ikkisiyam insoniyat muammolarni yechish uchun texnologiyalardan qay tariqa foydalanayotgani haqida. Bu ro‘yxatga yana ilm-fanning ilg‘orligi va tarixda o‘tgan eng mashhur shaxs taqdiriga boshqa tarafdan qarashga undovchi bir juft kitobni qo‘shmoqchiman.

Yil bo‘yi hayratlanarli kitoblarni ko‘p o‘qidim – jumladan, Jon Dorrning iqlim o‘zgarishlari haqidagi so‘nggi asarlarini ham — lekin quyidagilar eng sevimlilari bo‘lib qoldi.

Jeff Xokins, “Ming miya: intellektning yangi nazariyasi”.

Foto: GatesNotes

Foto: GatesNotes
Ilmiy fantastik yozuvchilar xayolini sun’iy intellekt kabi bir qancha mavzular band etgan. Haqiqiy sun’iy intellektni yaratish uchun nima qilish kerakligiga qiziqsangiz, ushbu kitob aql bovar qilmas nazariyalarni taqdim etadi. Ehtimol, Xokins PalmPilot’ning hamkor ixtirochisi sifatida juda mashhurdir, biroq u nevrologiya va mashina ilmi o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘n yillab o‘rgangan. Uning o‘ylarini tanishtirishga ushbu kitobdan-da afzalrog‘i yo‘q.

Uolter Ayzekson, “Kod buzuvchi: Jennifer Dudna, genom tahriri va insoniyat kelajagi”.

Foto: GatesNotes

Foto: GatesNotes

Gen sistemasi tahriri — CRISPR oxirgi o‘n yillikning ajoyib, ehtimol, eng muhim ilmiy yutug‘idir. Ishim shunga bog‘liqligi bois avval boshdan bu ilmdan boxabar edim — texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha bir qancha loyihalarga asos solayotgandik — biroq biokimyogar, Nobel mukofoti sovrindori Jennifer Dudna va hamkasblarining kashfiyotlari jam keng qamrovli, ravon kitobidan ko‘p bilimni hamon o‘rganaman. Ayzekson esa gen tahriri atrofida aylanadigan muhim etnik savollarni o‘rtaga qo‘yib, juda yaxshi ish qildi.

Kazuo Ishiguro, “Klara va quyosh”.

Foto: GatesNotes

Foto: GatesNotes

Robotlar haqidagi mazmunli asarlarni yoqtiraman. Ishiguroning xasta, yosh qizning “sun’iy do‘st” haqidagi romani ham bundan mustasno emas. Garchi voqealar distopik kelajakda ro‘y bersa-da, robotlar yovuzlikka xizmat qilmaydi. Aksincha, ular inson urug‘ini saqlab qolish uchun birga, bahamjihat harakat qiladi. Kitobni o‘qigach, super aqlli robotlar bilan hayot qanday ko‘rinishda bo‘lardi deb o‘ylab qoldim. Biz odatda, bunday mashinalarga texnologiyaning bir bo‘lagi yoki shunga o‘xshashroq narsa deb qarashga o‘rganganmiz.

Maggi O’Farrel, “Hamnet”.

Foto: GatesNotes

Foto: GatesNotes

Mabodo, Shekspirning muxlisi bo‘lsangiz, adibning shaxsiy hayoti eng mashhur pyesalaridan birini yozishda nechog‘lik muhim rol o‘ynaganini o‘qib, kitobga mubtalo bo‘lasiz-qolasiz. O‘Farrel asarini biz biladigan “Qasidanavis”ga asoslanib ikkita dalil zamiriga quradi: Shekspirning 11 yoshida o‘lgan Hamnet ismli o‘g‘lining vafoti va fojiadan ikki yil o‘tib “Hamlet” tragediyasining yozilishi. Men ko‘pincha adibning bebaho qahramon sifatida tasvirlangan rafiqasi Anna haqida o‘qishni xush ko‘raman.

Endi Uir, “‘Yashasin Mariya’ loyihasi”.

Foto: GatesNotes

Foto: GatesNotes

Aksar insonlardek men ham Uirni “Marslik” asari orqali tanigandim. Uning so‘nggi romani o‘rta maktab o‘qituvchisining boshqa yulduzlar tizimida uyg‘onib, u yerga qanday borib qolganini eslay olmasligi haqida. Asarning qolgan qismida muallim kunni asrab qolish uchun fan va muhandislikni qanday qo‘llagani xususida so‘z boradi. O‘qish maroqli bo‘lganigami, butun boshli kitobni bir hafta oxirida tugatgandim.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »