Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Amerikalik taniqli aktyor, komik, ssenariynavis va prodyuser Jim Kerri 60 yoshni qarshiladi, u 1962-yil 17-yanvarda tavallud topgan. “Kommersant” nashri kinoyulduzning 1990-yillardagi komediya filmlaridagi ijod yo‘li hamda Kerrining iqtiboslari keltirilgan fotogalereyani to‘plagan. “Daryo” uni e’tiboringizga havola qiladi.

Jim Kerri 1962-yil 17-yanvarda Nyumarketda (Kanadadagi Ontario provinsiyasida) tug‘ilgan. Sahnaga ilk bora 15 yoshida chiqqan, ammo bo‘lajak Gollivud yulduzining chiqishi muvaffaqiyat keltirmagan

Foto: AP Photo

1994-yilda Jim Kerri kinoda o‘ziga muvaffaqiyat va shuhrat olib kelgan “Niqob” filmida suratga tushgan. Kartina rejissori Chak Rassel, Kerrining filmdagi sherigi esa Kameron Dias edi, aktrisa uchun ham mazkur rol kinodagi debyuti bo‘lgan. Jim Kerri filmdagi o‘z qahramoni uyatchan bank xodimi prototipini o‘z otasidan olgan.

Foto: New Line Cinema

1993-yilda Jim Kerri budjeti katta bo‘lmagan “Eys Ventura: uy hayvonlari izquvari” filmida suratga tusha boshladi va u yerda ssenariy muallifi sifatida ham ishladi. Film rejissori Tom Shedyak, kartinadagi ayol sherigi esa — Kortni Koks bo‘lgan. Kartinaga 15 million dollar mablag‘ sarf qilinib, yakunda u 100 million dollar daromad ko‘rdi.

Foto: Warner Brothers
Yorug‘lik menga tushib turgan, barcha kameralar menga qaratilgan va o‘z minnatdorlik nutqimni sahnadan turib o‘qimagunimga qadar ishimdan qoniqmay ishlayveraman. Menimcha, nima demoqchi ekanimni yaxshi tushundingiz… “Oskar”ni qanday olishimni va bu uchun kinoda nima qilishim kerakligini bilmayman. Ha, men shunaqa mag‘rurman!Jim Kerri

Garchi qahramonimizga “Oskar” olish baxti hali nasib etmagan bo‘lsa ham u “Oltin globus” mukofoti va boshqa ko‘plab kinomukofotlar laureati bo‘lgan. U yaratgan Eys Ventura obrazi esa pop-qiyofaga aylanib, Empire jurnalining 100 ta o‘lmas personajlar ro‘yxatiga kirgan. Bundan tashqari, aktyor ko‘p marta MTV Movie Awards marosimida bir nechta nominatsiyalarda g‘alaba qozongan.

Foto: Reuters

1998-yilda Jim Kerri Puter Uirning “Truman tomoshasi” kartinasida rol ijro etdi. Truman Berbenk obrazi uning birinchi dramatik roliga aylandi. Aktyorning obrazga kirishiga hech nima xalaqit qilmasligi uchun suratga olish maydonchasida Kerrining avvalgi rollaridagi hazillaridan “luqma tashlash” taqiqlab qo‘yilgandi.

2005-yilda Buyuk Britaniyaning Empire jurnali “Sizningcha barcha davrlar uchun odamlarning eng ko‘p g‘ashiga teguvchi aktyori kim?” degan so‘rovnoma o‘tkazdi. Jim Kerri ushbu so‘rovnomada kuchli beshlikka kirgan.

2000-yillarda aktyor komik ampluadan qochishga urindi va “Halokatli 23 raqami” nomli psixologik trillerda, shuningdek “Seni sevaman, Filipp Morris” hamda “Beg‘ubor aqlning abadiy quyoshi” (Eternal sunshine of the spotless mind) filmlarida ishtirok etdi. “Beg‘ubor aqlning abadiy quyoshi” eng yaxshi original ssenariy yo‘nalishida “,Oskar”ga loyiq ko‘rildi, tanqidchilar Jim Kerri hamda Keyt Uinsletning ijrosiga yuqori baholadi.

Foto: Focus Features

2005–2010-yillarda aktyor fotomodel Jenni Makkarti bilan uchrashishni boshladi. “Jenni — men hech qanday shubhasiz hayotimga olib kirgan birinchi ayol”, – degan edi Kerri.

Komik dunyoni o‘z san’ati bilan o‘zgartirishga majbur emas, lekin u hayotni yanada me’yoriylashtirishi mumkinJim Kerri

Foto: AP Photo

2008-yilda Peyton Ridning “Janob Ha” filmi ekranlarga chiqdi, mazkur kartinada Jim Kerri Zoya Deshanel bilan birga suratga tushgan. Aktyor Karl Allen roliga juda jiddiy yondashdi: koreys tilini o‘rgandi, bir qator sahnalarni kaskadyorsiz, o‘zi mustaqil amalga oshirdi, xususan, trosda ko‘prikdan sakradi.

Hayotim hayot emas, telba odam ko‘rgan tushga o‘xshaydi

Foto: AP Photo

Aktyor 2016-yilda ekranlarga chiqqan “Haqiqiy jinoyat” va “Yomon partiya” filmlarida ishlagan.

2018-yilda “Hazillashdim” serialining birinchi mavsumiga start berildi. Mazkur loyihada Jim Kerri rejissor Mishel Gondri bilan hamkorlikda ishlagan. Serial bolalar uchun shou yaratgan ijodkor va uning hayotidagi dramatik hodisalar to‘g‘risida.

Foto: Aggregate Films

2019-yilda Kerri tipratikan Sonik haqidagi filmda suratga tushdi va bosh qahramonning azaliy dushmani Doktor Robotnik rolini ijro qildi. Filmning ikkinchi qismi 2022-yilda premyera qilinadi. Aktyorning o‘zi roli haqida shunday fikr bildirgan: “Yana bir marta suratga tushish imkoni bo‘lsa, yo‘q demasdim, chunki ish jarayoni juda quvnoq kechdi, eng avvalo odamlarni IQ darajam balandligiga ishontirishga urindim... Robotnik roli hali yuqori cho‘qqisiga ko‘tarilgani yo‘q”

2020-yilda Jim Kerri Saturday Night Live (“Shanba oqshomidagi efir”) kechki shou dasturi boshlovchiligiga qaytdi. Aktyor AQSh demokratik partiyasi nomzodi Jo Bayden obrazida ekranda namoyon bo‘ldi. U va Alek Bolduin (Donald Tramp) prezidentlik uchun nomzodlar debatiga parodiya qildi.

Foto: Getty Images

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »