Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida fuqarolarni ishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, ulardan pul undirmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Ma’lum qilinishicha, departamentning Buxoro shahar bo‘limi tomonidan DXXning viloyat boshqarmasi bilan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda O.U. ismli shaxs fuqaro Sh.ning ishonchiga kirib, uni go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘limiga ishga joylashtirib qo‘yishga va’da bergani aniqlangan. Buning evaziga u 1,5 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan DXX bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Z.X. ismli shaxs fuqaro I.ning ishonchiga kirib, uni O‘zbekiston Milliy gvardiyasi tizimiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 4 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Bundan oldin Samarqandda Milliy gvardiyaga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, 27 ming dollarini o‘zlashtirgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani, Buxoroda fuqaroni Milliy gvardiyaga ishga qo‘yish evaziga 2000 dollar olgan shaxslar ushlangani, Samarqandda harbiy oliygohlar va Temurbeklar maktabiga o‘qishga kiritishini aytib, fuqarolardan qariyb 10 500 dollar pul olgan ayol qo‘lga olingani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »