Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida fuqarolarni pul evaziga ishga va o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga olindi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Ma’lum qilinishicha, departament hamda DXXning Oltinko‘l tumani bo‘limlari tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda Z.U., Sh.G. (muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan) va K.A. ismli shaxslar oldindan til biriktirib, go‘yoki o‘zlarining Toshkent shahridagi tanishlari orqali fuqaro O.ni Milliy gvardiya tizimiga ishga joylashtirish va fuqaro I.ni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgani aniqlangan.

Ular “o‘z xizmati” evaziga fuqarolardan 32 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Andijon va Xorazm viloyatlarida fuqarolarni o‘qishga kiritish uchun jami 3 ming dollar olgan shaxslar ushlangani, Qashqadaryoda Milliy gvardiyaga ishga kiritib qo‘yish uchun 4 ming dollar olgan shaxs qo‘lga olingani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »