Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda 75 ta normativ-huquqiy hujjatda 302 ta korrupsiyaviy omil aniqlangan. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmati rahbari Durdona Ochilova ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu korrupsiyaviy omillar qurilish, sog‘liqni saqlash, oliy ta’lim va davlat xaridlari sohalariga oid 226 ta amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish davomida aniqlangan.

O‘z navbatida, tahlillar ularning 124 tasi qurilish, 41 tasi sog‘liqni saqlash, 91 tasi oliy ta’lim, 46 tasi davlat xaridlari sohalariga to‘g‘ri kelishligini ko‘rsatgan.

Aniqlangan korrupsiyaviy omillarning tahlili, mazkur hujjatlarda “normativ huquqiy hujjatlar o‘rtasida ziddiyatlarning mavjudligi” (86 ta), “diskretsion vakolatlarning kengligi” (55 ta), “ma’muriy tartib-taomillarning mavjud emasligi yoki to‘liq emasligi” (27 ta) bilan bog‘liq korrupsiyaviy omillar eng ko‘p uchrayotganini ko‘rsatgan.

Ta’kidlanishicha, shunga ko‘ra, normativ-huquqiy hujjatlardagi korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish bo‘yicha qonunchilikka tegishli o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilmoqda.

Ochilovaning so‘zlariga ko‘ra, budjet mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi borasida tizimli monitoring tadbirlari amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, 2021-yilda agentlik tomonidan “Korrupsiyasiz soha”, “Korrupsiyasiz hudud” loyihalari, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida hududlar va sohalar kesimida 50 dan ortiq o‘rganishlar o‘tkazilgan.

Ushbu tadbirlar davomida aniqlangan korrupsiya holatlari yuzasidan to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim qilinishi orqali jami 49 ta jinoyat ishi va 24 ta ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlar qo‘zg‘atilgan.

O‘rganishlar natijasida 500 milliard so‘mga yaqin miqdordagi mablag‘larning maqsadsiz foydalanilishining oldi olingan.

Avvalroq O‘zbekiston ichki ishlar organlarida bir yil ichida korrupsiyaviy jinoyatlar qariyb ikki baravar ko‘paygani, O‘zbekiston korrupsiya darajasi bo‘yicha Transparency International reytingida o‘z o‘rnini yana 6 pog‘onaga yaxshilagani, korrupsiyaga qarshi kurashi qoniqarsiz deb topilgan davlat tashkilotlari rahbarlari javobgarlikka tortilishi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »