Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev 16-mart kuni Davlat soliq qo‘mitasiga tashrif buyurib, soliq ma’murchiligini isloh qilish va sohaga axborot texnologiyalarini keng joriy etish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazmoqda, deb xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

Bugun sizlar bilan uchrashishdan maqsad – dunyoqarashlaringizni va soliq ma’muriyatidagi islohotlar haqida eshitmoqchiman. Aslida, bu yig‘ilishni tor doirada o‘tkazishimiz mumkin edi. Lekin u yerda Sherzod Kudbiyevning o‘zi va ikki muovini bo‘lar edi. Men esa bu yerda ko‘proq odamlar bilan gaplashmoqchiman. Chunki hozirgi soliqchilar bu — ikki, uch yoki to‘rt yil avvalgi soliqchilar emas, — deydi prezident.
Shuningdek, davlat rahbari soliq sohasidagi yangiliklarni alohida ta’kidlab o‘tdi.
So‘nggi 5 yilda biz mutlaqo yangi soliq tizimini yaratdik. 2020-yilda ko‘p muhokamalar bo‘lganda ham biz yangi O‘zbekiston boshlanishiga munosib bo‘lgan yangi Soliq kodeksini qabul qildik. 13 tadan 9 taga soliq turlari kamaytirildi. Osmondan olib qilganimiz yo‘q. Sharoitlardan kelib chiqib qildik. Odamlar qachon bizdan rozi bo‘ladi? Soliq yuki kamayib, daromadlarimiz oshsagina, rozi bo‘ladi, — deya qo‘shimcha qildi Shavkat Mirziyoyev.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »